1629 05.10.2026
Norin tumani “Polvonkoʻl” mahallasi “yettilik” vakillari bilan uchrashgan Dilnoza Azizova bugunning strategik vazifalari – barqaror ish oʻrinlari yaratish, kambagʻallikni qisqartirish, kichik biznesni rivojlantirish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi. Moliyaviy resurslardan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashdi.
Fuqaro murojaati asosida tegishli idora vakillari ishtirokida ijtimoiy yordamga muhtoj oila sharoiti bilan tanishdi. Ularning tibbiy koʻrikdan oʻtishi va davolanishga yoʻnaltirish masalasi hal etildi. Shuningdek, uy-joy sharoiti ogʻir, mehnatga layoqatsiz oilaga homiylar yordami koʻrsatiladigan boʻldi.