Bu yovuzlikni hech qachon unutib bo‘lmaydi


2016     05.10.2026

1938-yil 4-oktyabr – Vatanimiz tarixida eng musibatli kun sifatida eslanadi. Bu sanada shunchalar ko‘p ziyolilar otildiki, jumladan Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid o‘g‘li Cho‘lpon kabi millatimiz oydinlari qattol sovet bosqinchilari tomonidan otib o‘ldirilgan.

Albatta, qattol tuzumning bu yovuzligini hech qachon unutib bo‘lmaydi. Aksincha, bugun yanada kuchli bo‘lishimiz, milliy manfaatlarimiz ustun bo‘lishi uchun bir xalq va bir millat bo‘lib birlashishimiz lozim.

Shu munosabat bilan Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi hamkorligida tashkil etilgan ochiq muloqotda Jadid bobolarimiz xotirasi yodga olindi. So'zga chiqqanlar ularning vatan uchun jonini fido qilgan mashaqqatli hayot yo'li haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, tadbir davomida Qatag'on qurbonlariga bag'ishlangan videofilm taqdimoti ham bo'lib o'tdi.