1583 06.10.2026
Buxoroning G‘ijduvon tumanida o‘rganishlar olib borgan Maxsud Muhammedov dastlab bir tadbirkorning ko‘p qavatli uy-joy qurilishi bilan bog‘liq faoliyatida soliq bo‘yicha yuzaga kelgan muammoni ko‘rib chiqdi. Murojaat shu kunning o‘zida tegishli mutasaddilar ishtirokida hal etildi.
Shundan so‘ng deputat “Kalon” mahallasi "yettiligi" vakillari bilan uchrashib, aholi murojaatlari bilan ishlash, muammolarni tizimli o‘rganish va amaliy yechim topish masalalarini muhokama qildi. Yoshlar yetakchisi tomonidan hududda “Yoshlar bog‘i”ni tashkil etish, mahallada yoshlar uchun xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘yishga oid bildirilgan taklifi deputat tomonidan alohida e’tirof etildi.