Qoraqalpog‘istonning Iyshanqalasi


1582     09.10.2026

Manbalarda qayd etilishicha, Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumanida joylashgan Iyshanqala XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida qurilgan bo‘lib, o‘z davrida islom madaniyati, ilm-fan va ta’lim markazlaridan biri hisoblangan, Orol dengizining quyi havzasida muhim strategik va savdo nuqtasi bo‘lib xizmat qilgan. Tarixiy majmua bugungi kunda Qoraqalpog‘istonning boy o‘tmishi va madaniy merosidan dalolat beruvchi muhim arxeologik yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan.

Partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida "Iyshanqala – tariximiz manbai" mavzusida o‘tkazilgan seminarda majmuaning muhim madaniy meros sifatidagi ahamiyati, obyektni ilmiy o‘rganish va muhofaza qilish, turistik salohiyatidan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, tarixiy meros – bu nafaqat o‘tmishdan qolgan yodgorliklar, balki millatning o‘zligini anglashi, ma’naviy ildizlarini chuqur his etishi va kelajak avlodlarga boy tarixiy yodgorliklarni yetkazishda muhim manba hisoblanadi.