Fraksiya a’zolari, ta’lim sohasi mutaxassislari, ekspertlar, pedagoglar va jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tayotgan tadbirda tarbiya, ta’lim va ilm-fanning milliy yuksalishni ta’minlashdagi o‘rni, ushbu uch yo‘nalish o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytirishning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilinadi.
Maktablarda “Tarbiya” fanini o‘qitish holati, uning mazmuni va metodikasini takomillashtirish, milliy qadriyatlarni zamonaviy hayotiy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish, oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratiladi.