Taraqqiyotning yangi bosqichida ta’lim-tarbiya qanday bo‘lishi kerak?


2047     09.10.2026

Alisher Qodirov, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi:

Albatta, Yangi O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etish lozim. Izdan chiqqan bog‘cha tizimi qayta tiklandi. Maktablar infratuzilmasi tubdan o‘zgardi. Oliy ta’lim xo‘jako‘rsin uchun diplom beradigan emas, xalqaro darajadagi kadrlar tayyorlaydigan maskanga aylanmoqda. Lekin bu sohada barcha muammolar hal bo‘ldi degani emas.

Taraqqiyotning yangi bosqichida ta’lim-tarbiya islohotlari qanday amalga oshirilishi kerak? Sohada nimalar o‘zgarishi lozim? Nima uchun sohadagi islohotlar kutilgan natijani bermayapti?

"Milliy tiklanish"ning ta’lim-tarbiyaga mas’ul partiya sifatida bunday tadbirni tashkil etishdan maqsad ham ushbu savollarga javob topish. Bu borada soha mutaxassislarining fikrlarini eshitib, ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.