Eng katta muammo tarbiyaning maktabga tashlab qo‘yilganida


1947     09.10.2026

G'ayrat Shoumarov, “Profi University” rektori:

Bugun tarbiya haqida ko‘p gapirilayotgani bejiz emas. Chunki ta’limdagi muammolar ildizi ham tarbiyaga borib taqaladi. Tarbiya avvalo oiladan boshlanishini barchamiz bilamiz. Ammo bilsakda, hayot-mamot masalasi hisoblangan tarbiyani maktabga tashlab qo‘ydik.

Farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, odob-axloq, hayotiy ko‘nikmalar asosida voyaga yetkazish maqsadida joriy etilgan "Tarbiya" fani ham qayta ko‘rib chiqilishi lozim. Fanda javobsiz savollar juda ko‘p.