Diktantning foydali jihatlarini bilasizmi


1603     14.10.2026

Partiyaning Xorazm viloyati Kengashi tomonidan Urganch shahridagi RANCH universitetida “Ommaviy diktant” tashkil etildi. Loyihada 150 nafardan ziyod talaba ishtirok etib, o‘zlarining imlo qoidalari, yozma savodxonligi va nutq madaniyati bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

"Milliy tiklanish" tomonidan “Ommaviy diktant” tadbiri bejiz muntazam tashkil etilayotgani yo‘q. Diktant inson miyasini rivojlantiradi, nutqini ravon qiladi, so‘z boyligini oshiradi, xotirasini charxlaydi. Butun diqqatni bir joyga jamlash ko‘nikmasini oshiradi.