1578 16.10.2026
Anashu shior ostida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Yosh siyosatchilar marafoni bo‘lib o‘tdi. Unda "Milliy tiklanish"ning Yoshlar parlamentidagi vakillari ham o‘z fikr va takliflari bilan faol ishtirok etdi.
Marafon yoshlarning siyosiy tafakkuri, fuqarolik faolligi va liderlik salohiyatini rivojlantirish, ularning davlat boshqaruvi va jamoatchilik jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish hamda tashabbuslarini amaliy takliflarga aylantirish uchun muhim maydon bo‘ldi. Zero, bugungi dadil g‘oyalar — ertangi yutuqlar poydevori!