1950 19.10.2026
24 yil avval qabul qilingan "Chiqindilar to‘g‘risida"gi qonun bugungi talablarga javob bermay qoldi. Natijada 11,3 ming gektarli 274 ta poligonlardagi 3,6 mlrd tonnadan ortiq maishiy va sanoat chiqindilari ikkilamchi xomashyo sifatida saqlanyapti.
Agar ular qayta ishlansa, avvalo atrof-muhit sofligi ta’minlanadi, ikkilamchi mahsulotlar ishlab chiqish orqali qo‘shimcha daromad, yangi ish o‘rinlari yaratish mumkin. Buning uchun amaldagi qonunchilik o‘zgarishi kerak.
Fraksiyada birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun bilan xorijiy tajribadan kelib chiqib vakolatli organ vazifasi aniq belgilanyapti, tariflar tartibga solinyapti, bu boradagi javogarlik yanada kuchaytirilyapti.