1897 19.10.2026
O‘tgan haftada "Milliy tiklanish" fraksiyasi hamda Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan "Raqamli O‘zbekiston – 2030" strategiyasi ijrosi masalasida Raqamli texnologiyalar vaziriga parlament so‘rovi yuborilgan edi.
Yig‘ilishda vazirning javob xati ham ko‘rib chiqib ma’qullandi.
Bir ma’lumot: Strategiyada barcha ijtimoiy obyektlarni internetga ulash vazifasi belgilangan edi. Mazkur vazifa ijrosi doirasida 10 657 ta maktab, 6 988 ta bog‘cha, 5 786 ta sog‘liqni saqlash muassasasi, 8 935 ta mahalla idorasi yuqori tezlikdagi internetga ulangan.