1890 21.10.2026
Prezident tomonidan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan Qonun imzolandi va bu bilan jadid bobolarimiz – Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon ishlatgan alifbo yurtga qaytmoqda.
Rasman e’lon qilinganidan 6 oy o‘tib kuchga kiradigan qonundagi o‘zgarishlar quyidagicha:
O‘ o‘ → Ö ö
G‘ g‘ → Ğ ğ
Sh sh → Ş ş
Ch ch → Ç ç
Amaldagi barcha hujjatlar, darslik va boshqa materiallarni bir vaqtda almashtirish talab etilmaydi. Ular yaroqlilik muddati tugagach, yangi alifboga moslashtirib bosqichma-bosqich chop etib boriladi.