Özgarişlar har bir oilaning turmuşida sezilişi kerak


1744     24.10.2026

Prezidentimiz Qaşqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari böyiça ötkazgan yiğilişda muhim mezon belgilandi: özgarişlar samarasi statistik körsatkiçlarda emas, har bir oilaning turmuşida sezilişi kerak. Davlat rahbari bu talabni aniq dastur bilan mustahkamladi: viloyatda uç yilga möljallangan umumiy qiymati 20 milliard dollarlik loyihalar va 50 mingta iş örnini qamrab oladigan dastur işlab çiqiş vazifasi qöyildi.

Yiğilişda vaziyatga xolis baho berilgani e’tiborga molik. Joriy yilning töqqiz oyida viloyatda sanoat işlab çiqariş 8,4 foizga, xizmatlar sohasi 16,6 foizga, qişloq xöjaligi 4,9 foizga ösdi. Bu — islohotlarning ijobiy samarasi. Ammo aholi jon boşiga sanoat mahsulotlari işlab çiqariş böyiça viloyat respublikada yettinçi, xizmatlar böyiça töqqizinçi, qişloq xöjaligi va quriliş hajmi böyiça ön birinçi örinda turibdi. Tabiiy gaz, elektr energetikasi, kimyo sanoati, qişloq xöjaligi, çorvaçilik va turizmda şunça imkoniyatga ega hudud uçun bu kam.

Prezidentimiz salohiyat bilan natija örtasidagi farqni oçiq aytdi: muammoni tan olmasdan uni hal qilib bölmaydi. Endi tuman va şahar rahbarlari, banklar, tarmoq taşkilotlari va tadbirkorlar faoliyati hisobot raqamlari bilan emas, aniq iqtisodiy natija bilan baholanişi kerak.

Tadbirkorlik va sanoatni rivojlantiriş nuqtayi nazaridan sanoatga oid taşabbuslar alohida ahamiyatga ega. Ularning mazmuni bitta — xomaşyo sotişdan tayyor mahsulot işlab çiqarişga ötiş. “GTL” zavodida umumiy qiymati 300 million dollar bölgan uçta yirik loyiha tayyorlangan. Zavoddan olinadigan 430 ming tonna nafta asosida polimerlar va neft-kimyo mahsulotlari işlab çiqariş böyiça 1,5 milliard dollarlik loyiha imkoniyati bor. Bu import örnini bosiş va eksportni oşirişga xizmat qiladi. Dehqonobod kaliy zavodi quvvatini yiliga 365 ming tonnadan 600 ming tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan. Kiçik tonnajli kimyo yönalişida 830 million dollarlik 30 dan ortiq loyiha taklif etilgan.

Yiğilişdagi eng muhim talablardan biri banklar faoliyatiga tegişli. Prezidentimiz banklarni ajratilgan kreditlar yoki yangi moliyaviy mahsulotlar soni bilan emas, ular orqali rivojlangan korxonalar va yaratilgan iş örinlari bilan baholaş zarurligini ta’kidladi. Bu yondaşuv juda muhim. Masalan, hozir kredit oliş uçun 102 turdagi hujjat talab qilinadi, ularning 53 tasi axborot tizimlarida mavjud, yana 22 tasi esa kredit ajratişga bevosita aloqador emas. Ya’ni talab qilinayotgan hujjatlarning qariyb törtdan uç qismini tadbirkordan söraş şart emas. Banklar garov bilan birga tadbirkorning pul oqimi, buyurtmalari, biznes-rejasi va loyihaning iqtisodiy asoslarini inobatga olişi kerak. Ortiqça talablarni qisqartiriş vazifasi ijrosi parlament nazoratiga olinişi, zarur bölsa, qonunçilikka tegişli özgartişlar kiritilişi maqsadga muvofiq.

Islohotlarning inson qadriga qaratilgani, avvalo, kundalik ehtiyojlarda seziladi. Aholi uçun eng aniq özgariş toza içimlik suvi. Joriy yil ajratilgan 1 trillion söm hisobidan 747 kilometr suv va kanalizatsiya tarmoği hamda 43 ta inşoot qurilişini ikki oyda yakunlaş vazifasi qöyildi. Bu 200 ming nafar aholini toza içimlik suvi bilan ta’minlaydi.

Energetika va transport infratuzilmasi — yangi işlab çiqariş uçun zarur şartlardan biri, deyiş mumkin. “Masdar” kompaniyasi kelasi yili viloyatda 300 megavattli quyoş elektr stansiyasi va 75 megavattli energiya saqlaş quvvatini işga tuşirişni rejalaştirgan, loyiha qiymati — 250 million dollar. Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda A-380 avtomobil yölining viloyatdan ötuvçi 100 kilometr qismini rekonstruksiya qiliş boşlanadi, loyiha qiymati — 350 million dollar. Yiğilişda viloyat iqtisodiyoti ösişini ta’minlovçi, aholi farovonligiga xizmat qiluvçi yana önlab yirik loyihalar e’lon qilindi.

Albatta, belgilangan vazifalar ijrosi deputatlar zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Investitsiya loyihalarining öz vaqtida işga tuşirilişi, yangi iş örinlarining amalda yaratilişi, suv va elektr ta’minotidagi muammolarning hal etilişi, yöllar sifati hamda tadbirkorlarning moliyaviy resurslarga ega bölişi doimiy deputatlik nazoratida bölişi kerak. Buning uçun har bir tuman va şahar böyiça aniq maqsadli körsatkiçlar belgilaş va ularning bajarilişini aholiga oçiq e’lon qilib boriş zarur. Şunda odamlar islohotlar natijasini özi köradi va baholaydi.


Farhod ZAYNIYEV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining
Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantiriş va sanoat masalalari qömitasi raisi örinbosari