“Jamiyatning yuragi” qanday işlayapti?


1558     29.10.2026

"Milliy tiklaniş" fraksiyasi a'zosi Nazira Muxtorova Jizzax şahridagi örganişlarini “Bunyodkor” mahallasi “yettilik” vakillari bilan uçraşuvdan boşlagani bejiz emas. Xalq bilan davlat örtasidagi öziga xos “köprik” vazifasini bajaruvçi mahalla “jamiyatning yuragi”, aholi muammolarini joyida hal qiluvçi asosiy tuzilma, “yettilik” esa Yangi Özbekiston islohotlarini harakatga keltiruvçi kuç hisoblanadi.

“Mahalla mas’ullari bilan suhbatlaşar ekanman, yurtimizda “Inson qadri uçun” tamoyili asosidagi islohotlarda ularning faolligi qanday bölayotgani bilan boğliq masalalarni muhokama qildik”, – deydi deputat.

Nazira Muxtorova tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanayotgan oilalarda ham böldi. Jumladan, ijtimoiy loyiha asosida tikuvçilik korxonasini oçgan Dilrabo Turdiyeva nafaqat öz daromadini oşiryapti, köplab xotin-qizlarni ham iş bilan ta’minlagani e’tiborga molik.