Toşkentdagi mas’ullar bilan gaplaşadigan masala


1934     29.10.2026

Navbahor tumanida Markaziy Osiyoda yagona bölgan ilon va çayon zahri işlab çiqaruvçi korxona borligini albatta köpçilik bilmasa kerak. Narxi oltindan ham qimmat turadigan oğu onkologik, suyak yemirilişi, insult va infarkt kabi oğir kasalliklarni davolaşda ham işlatiladi. Agar uşbu mahsulotni eksport qiliş bilan boğliq muammolar hal etilsa, nafaqat mömay daromad topiş mumkin, yangi iş örinlari ham yaratsa böladi.

Kozimjon Tojiyev mahalliy deputatlar hamrohligida uşbu korxonada bölib, “Riverfiş”ning dunyo bozoriga çiqiş bilan boğliq muammolarini örgandi. “Noyob va qimmatbaho mahsulotni şu yerning özida qayta işlab, qöşimça qiymat yaratiş mumkin ekan. Bu endi Toşkentda “ötirgan” mas’ullar bilan gaplaşadigan masala”, – deydi Kozimjon Tojiyev.

Ma’lumotlarga köra, çayonning 1 litr zahri bozorda 10 mln dollar baholanar ekan. Çunki bitta çayondan bir martada juda kam – mikrogramm miqdorida zahar olinadi. 1 litr zaharni yiğiş uçun esa ön minglab çayonni bir neça oy davomida boqiş kerak böladi.