1598 30.10.2026
Xorazm viloyatida kambağallikni yil yakuniga qadar 6,7 foizdan 3 foizga tuşiriş, ya’ni 81 ming kişini kambağallikdan çiqariş, 39 ming işsizning doimiy bandligini ta’minlaş maqsad qilingan. Buning uçun 6,4 trln söm yönaltirilgan.
Uşbu viloyatga borgan deputat Jumanazar Otajonov asosiy e’tiborni mazkur vazifalar ijrosiga qaratdi. Jumladan, Gurlan tumanidagi “Oqqum” mahallasi misolida hududni rivojlantiriş, kambağallikni qisqartiriş, yangi iş örni yaratiş böyiça qilingan işlar bilan tanişdi. Mas’ullar bilan suhbatlaşdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, çorva va dehqonçilik “Oqqum”ning drayver sohalari hisoblanadi. Mahallada hozirda 52 nafar işsiz bölib, ularning 20 nafarini yoşlar, 18 nafarini esa xotin-qizlar taşkil etadi.