Mahalliy deputatlarning “tişi ötmayotgan” masalalar


1934     30.10.2026

Farğona şahridagi “Tinçlik” mahallasidan ötuvçi katta halqa avtomobil yöliga baxtsiz hodisalar oldini oliş uçun “radar”lar örnatilişi kerak. Abdurahmon Jomiy mahallasidagi quvurlar tezda almaştirilmasa, toza içimlik suvi isrofi yanada köpayadi.

Quvada ham ijrosini keçiktirib bölmaydigan masala bor. Jumladan, “Yangi Quva”dagi yaroqlilik muddatini ötab bölgan qölbola simyoğoçlar aholiga xavf tuğdiryapti. “Qaqir” köçasidagi xonadonlarning elektr energiyaga bölgan talabi ham oşib boryapti. Agar yangi kuçlanişdagi transformator qöyilmasa, aholi yana qişning qirovli kunlarida qoronğuda ötirişga majbur böladi.

Farğonada örganişlar olib borayotgan Sayyora Jumayevaga aholidan yuqoridagi masalalarda murojaatlar böldi. Deputat şu kunning özida mas’ullar bilan gaplaşib, mahalliy deputatlar “tişi ötmayotgan” aksariyat masalalarga yeçim topdi.