1877 02.11.2026
Har yili sovuq kunlar oldidan kuz-qişga tayyorgarlik masalasi kun tartibiga çiqadi. Biroq bu boradagi işlar barça joylarda ham birdek olib borilmaydi. Şu bois, Sirdaryo tumanida örganişlar olib borgan Şerzod Qulmatov asosiy e’tiborni ijtimoiy obyektlarda sovuq kunlarga tayyorgarlik işlari bilan tanişdi.
Tumandagi 2-sonli maktab jamoasi esa deputat kelganidan foydalanib, 3,5 km olisdan qatnayotgan öquvçilar uçun maxsus transport ajratiş masalasini kötardi. Şuningdek, boşlanğiç sinflar uçun qöşimça binoga ehtiyoj borligini ma’lum qilişdi.
Şerzod Qulmatov “Kamolot” mahallasida olib borilayotgan yöl quriliş işlari bilan ham tanişib, uni yoğin-soçin kunlarga qoldirmay tezroq tugatiş böyiça mas’ullarga körsatma berdi. Albatta, sifatga ham e’tibor qaratiş lozim.