Maktabning e’tiborga molik taşabbuslari


1577     02.11.2026

Nigora Lutfullayevaning Şerobod tumanidagi örganişlari mingdan ortiq öquvçi tahsil olayotgan 2-sonli maktabdan boşlandi. Öqituvçi va öquvçilar bilan alifbodagi özgariş hamda “Tarbiya” fanining öqitilişi yuzasidan suhbatlaşdi. Şaxmat tögaragi faoliyati bilan tanişdi.

Deputat tomonidan maktabdagi 32 tup limon parvarişlanayotgan issiqxona hamda “Taşabbusli budjet” orqali yutib olingan 1,5 mlrd söm hisobidan barpo etilgan sport maydonçasi e’tiborga molik taşabbuslar sifatida qayd etildi.