Şiddat bilan odimlayotgan Buxoroyi şarif


1552     04.11.2026

Har bir hududning taraqqiyoti mavjud imkoniyatlardan qay darajada samarali foydalanilayotgani bilan belgilanadi. Buxoro esa bu borada ulkan salohiyatga ega. Uning boy tarixi, qulay geografik joylaşuvi, tabiiy resurslari, sanoat imkoniyatlari va sayyohlik jozibasi vohani mamlakatimiz taraqqiyotining muhim tayanç nuqtalaridan biriga aylantiriş uçun mustahkam asosdir.

Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning viloyatga taşrifi davomida ilgari surilgan 30 milliard dollarlik taşabbuslar aynan uşbu salohiyatni yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan muhim strategik qadamdir. Buning eng katta ahamiyati şundaki, ular iqtisodiy ösişni aholi farovonligi, zamonaviy infratuzilma va yangi imkoniyatlar bilan boğlaydi.

Bugun Buxoro faqat tarixiy obidalari bilan emas, balki yangi iqtisodiy qiyofasi bilan ham dunyo e’tiborini qozonişi kerak. Viloyat iqtisodiyotining 100 trillion sömlik marradan oşişi va 10,1 foizlik ösiş sur’ati bu yölda muayyan natijalarga erişilayotganini körsatadi. Endigi asosiy vazifa uşbu ösişning sifatini oşiriş, iqtisodiyotni xomaşyoga boğliqlikdan çiqarib, yuqori qöşilgan qiymat yaratadigan sanoat va xizmatlar sohasini rivojlantirişdir. Neft-gaz va kimyo sanoatidagi yirik loyihalar, yangi energetik quvvatlar, töqimaçilik va qayta işlaş korxonalari Buxoroning iqtisodiy imkoniyatlarini yanada kengaytirişi şubhasiz.

Albatta, taraqqiyotning haqiqiy natijasi odamlarning kundalik hayotida sezilişi kerak. Masalan, 1,7 million aholining suv ta’minotini yaxşilaş, 775 ming kişini kanalizatsiya tarmoğiga ulaş kabi vazifalar har qanday yirik investitsiya loyihalaridan kam ahamiyatga ega emas. Çunki inson uçun eng katta qulaylik bu uning xonadoniga toza suv kirib kelişi, yöllarining ravon bölişi, farzandining sifatli ta’lim olişi va oilasining munosib daromadga ega bölişidir.

Buxoroning xalqaro turizm markaziga aylanişi ham alohida strategik ahamiyatga ega. Yetti pir, Çor Bakr, Poykent, Varaxşa va Vardonze kabi tarixiy maskanlarni yagona turistik makonga birlaştiriş, sayyohlar oqimini 7 millionga yetkaziş maqsadi vohaning jahon turizm bozoridagi örnini mustahkamlaydi. Yangi xalqaro aeroport, Samarqand – Buxoro yönalişidagi zamonaviy transport loyihalari va turistik infratuzilmaning rivojlanişi esa bu maqsadlarga erişişda muhim omil böladi.

Şu bilan birga, Buxoroning kelajagini faqat binolar, yöllar va investitsiyalar bilan ölçab bölmaydi. Bu taraqqiyotni davom ettiradigan bilimli yoşlar, malakali mutaxassislar va zamonaviy kasb egalari ham kerak. Şu sababli professional ta’limni işlab çiqariş bilan boğlaş, dual ta’lim qamrovini kengaytiriş va yoşlarni mehnat bozorida talab yuqori bölgan mutaxassisliklarga yönaltiriş masalalariga ham alohida e’tibor qaratilişi lozim.

Yana bir muhim jihat Buxoroning ma’naviy qiyofasi bilan boğliq. Prezidentimiz taşrifining Bahouddin Naqşband maqbarasi ziyoratidan boşlangani tarixiy merosga bölgan yuksak ehtirom ifodasidir. Buyuk allomalarimiz merosini asraş, uni yoş avlod ongiga singdiriş va tarixiy şahrimizning betakror qiyofasini kelajak avlodlarga yetkaziş iqtisodiy taraqqiyot kabi muhim vazifadir. Zero, zamonaviy Buxoro öz tarixidan uzilgan holda emas, balki uning ma’naviy poydevoriga tayangan holda rivojlanişi kerak.

Xalq vakili sifatida men uçun uşbu taşrifdan kelib çiqadigan eng muhim xulosa belgilangan ulkan rejalarning ijrosini ta’minlaşda barçamiz birdek mas’ul ekanimizdir. Parlament nazoratining maqsadi ham faqat hisobot eşitiş emas, balki islohotlar natijasini aholi hayotida ta’minlaş, muammolarga yeçim topiş va xalq manfaatlarini himoya qilişdan iborat.

Buxoro bugun öz taraqqiyotining yangi sahifasini oçmoqda. Unda nafaqat yirik investitsiya va zamonaviy inşootlar, balki farovon xonadonlar, iş bilan band yoşlar, rivojlangan mahallalar va öz kelajagiga işongan insonlar aks etişi lozim. Ana şundagina bugungi taşabbuslar haqiqiy tarixiy natijaga aylanadi.

 

Maxsud MUHAMMEDOV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati