1873 09.11.2026
Sönggi yillarda milliy kontent masalasi bejiz köp kötarilmayapti. Agar axborot tarmoqlari milliy kontentlar bilan töldirilmas ekan, undan foydalanuvçilar, ayniqsa, yoşlar özligimiz, qadriyatlarimizga xos bölmagan xorij kontentlarini körişga majbur böladi.
Natijada özga xalqlarning dunyoqaraşi, madaniyati va turmuş tarzi, hatto, buzğunçi ğoyalari ta’siriga tuşib qolişi mumkin. Bu endi millat kelajagi bilan boğliq hayot-mamot masalasi hisoblanadi.
Markaziy kengaşda milliy kontent böyiça ötkazilgan suhbatda ana şu masalalar muhokama qilindi. Yoşlar milliy kontent xavfi böyiça öz fikr-mulohazalarini bildirib, bu boradagi loyihalarini taqdimot qildilar.