1966 11.11.2026
4-7-noyabr kunlari Seul şahrida Osiyo siyosiy partiyalari xalqaro konferentsiyasining (ICAPP) 13-Boş Assambleyasi bölib ötdi.
«Özgaruvçan dunyoda işonçni tiklaş» mavzusida ötkazilgan uşbu tadbirda «Milliy tiklaniş» demokratik partiya raisi Alişer Qodirov boşçiligidagi partiya vakillari ham iştirok etdilar. Xalqaro anjumanda ICAPPning 2027-yilgi iş dasturlari, yoşlar va xotin-qizlar, işbilarmonlik hamda madaniy hamkorlik yönalişlaridagi tadbirlar, xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar bilan aloqalarni kengaytiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi. Boş Assambleya doirasida barqaror tinçlik va osoyiştalikni ta’minlaş, demokratiya va davlat boşqaruvini mustahkamlaş, umumiy farovonlik yölida sun’iy intellektni rivojlantiriş hamda iqlim özgarişi masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Yiğilişda Alişer Qodirov sözga çiqib, har qanday taraqqiyot milliy qadriyatlar, tarixiy xotiraga tayangan holda zamonaviy bilim va texnologik yutuqlar bilan uyğunlaşişini hamda inson manfaati, oilaviy qadriyatlar va jamiyat hamjihatligini kuçaytirişga xizmat qilişi lozimligini alohida ta’kidladi. - Mazkur Assambleyaning asosiy ğoyalaridan biri bölgan yaxlitlik biz uçun mavhum tuşunça emas. U, eng avvalo, davlatimiz hududiy yaxlitligi, milliy-madaniy özligimizning daxlsizligi hamda davlat va jamiyat örtasidagi ijtimoiy kelişuvning mustahkamligida namoyon böladi, - dedi partiya yetakçisi.
A.Qodirovning fikriça, ICAPP doirasida «Yoş siyosiy yetakçilar tajriba almaşinuvi» dasturini taşkil etiş kerak. Çunki yoşlarning siyosiy jarayonlardagi iştiroki va xalqaro munosabatlarga bölgan qaraşlari kelajakdagi hamkorlik muhitiga bevosita ta’sir körsatadi. Bunda tuzilmaga a’zo siyosiy partiyalarning yoşlar qanoti vakillari hamda istiqbolli yoş yetakçilar uçun ikki-uç haftalik xalqaro amaliyot dasturi yölga qöyilsa maqsadga muvofiq bölardi.
Dastur doirasida turli mamlakatlarda maxsus uçraşuvlar, siyosiy mahorat darslari va amaliy seminarlar taşkil etilib, iştirokçilar öz mamlakatlarida yoşlarni siyosiy jarayonlarga jalb etiş, partiyaviy faoliyatni taşkil qiliş, saylov kampaniyalarini olib boriş hamda yoş kadrlarni siyosiy yetakçilikka tayyorlaş borasidagi tajribalari bilan örtoqlaşadilar. Har bir uçraşuv muayyan siyosiy tajriba va amaliy natijalarni örganişga bağişlanadi.
Ikkinçidan, ICAPP doirasida «Osiyo madaniyatlari muloqoti» mintaqalararo almaşinuv das- turini ham yölga qöyiş lozim. A.Qodirov xalqlar örtasidagi siyosiy işonçni mustahkamlaşda ularning tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlarini özaro anglaş muhim örin tutişini, madaniy xilma-xillikni qarama-qarşilik emas, balki özaro hamkorlik imkoniyati sifatida köriş muhimligini ta’kidladi. Ana şundan kelib çiqib, ICAPPga a’zo partiyalar, ilmiy muassasalar va madaniy taşkilotlar iştirokida navbatma-navbat ötkaziladigan
«Osiyo madaniyatlari muloqoti» mintaqalararo almaşinuv das- turini yölga qöyişni taklif qildi. Bunda dastlab Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari örtasida madaniy taşriflar, tarixiy merosni örganiş, adabiyot va san’at uçraşuvlari hamda mahalliy jamoalar bilan muloqotlar taşkil etilişi mumkin. Har bir almaşinuv yakunida keyingi hamkorlik yönalişlari böyiça amaliy tavsiyalar işlab çiqiladi. Dasturning izçilligini ta’minlaş uçun ICAPP doirasida muvofiqlaştiruvçi işçi guruh tuziş va yillik tadbirlar taqvimini şakllantiriş mumkin.
Uçinçidan, tuzilma doirasida «Umumiy tarix - umumiy kelajak» xalqaro madaniy meros va turizm taşabbusini yölga qöyiş karak.
Bugungi globallaşuv davrida turli madaniyatlarning şunçaki yonma- yon mavjud bölişi yetarli emas. Endilikda bizga madaniyatlarning faol muloqoti, bir-birini anglaşi, özaro hurmat va ular örtasida mustahkam köpriklar zarur. Ya’ni, multikulturalizmdan interkulturalizmga - madaniyatlarning özaro ta’siri va boyişiga asoslangan hamkorlikka ötiş muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, xalqlar örtasidagi tuşunmovçilik va begonalaşuvning oldini olişda bir- birining tarixini biliş, madaniy qadriyatlarini anglaş va muştarak tarixiy ildizlarini kaşf etiş alohida örin tutadi.
Partiya rahbari şu munosabat bilan uşbu yönalişda «Buyuk ipak yöli - xalqlarni birlaştiruvçi köprik» xalqaro turizm taşabbusini hamda Markaziy, Janubiy va Şarqiy Osiyo mamlakatlari örtasida Buyuk ipak yöli tarixiy merosiga asoslangan transmilliy turistik koridorlarni şakllantirişni taklif qildi.
Bunda iştirokçi davlatlarning tarixiy şaharlari, madaniy markazlar va muhim meros obyektlari yagona xalqaro turistik mahsulot sifatida birlaştiriladi. Qöşma turistik brend yaratiş, yagona elektron xarita işlab çiqiş va sayyohlik yönalişlarini tarğib qiliş böyiça davlatlararo hamkorlik ham yölga qöyiladi. Bu nafaqat turizm iqtisodiyotini rivojlantiradi, balki xalqlar örtasidagi hamkorlik aloqalarini ham kengaytiradi.
Şu örinda Assambliya yiğilişida bildirilgan uşbu takliflar aksariyat iştirokçilar tomonidan qöllab- quvvatlanganini ta’kidlaş joiz. A.Qodirov öz sözining yakunida siyosiy muloqot, madaniyatlararo anglaşuv va tarixiy merosga hurmat orqali Osiyoda tinçlik, barqarorlik va özaro işonç yanada mustahkamlanişini ta’kidlab, anjuman iştirokçilarini ana şu poydevor ustida özaro hamkorlikka asoslangan kelajakni birgalikda barpo etişga çaqirdi.
Nargiza HAMIDOVA,
Öquv, tadqiqot va tahlil markazi direktori,
ICAPP bilan muloqot böyiça partiyaning doimiy vakili
“Milliy tiklaniş” gazetasining 2026-yil 11-noyabr sonidan olindi