2095 13.11.2026
Markaziy kengaşda “Siyosat maydoni” Respublika körik-tanlovining taşkiliy qömitasi yiğilişi bölib ötdi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda professional siyosatşunoslarga bölgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Dunyodagi eng qudratli davlatlar avvalo, keng qamrovli va yuksak malakali siyosiy elitaga ega davlatlardir. Yangi Özbekiston oldida turgan muhim vazifalardan biri ham zamonaviy, professional va keng qamrovli milliy siyosiy elitani şakllantiriş hisoblanib, “Siyosat maydoni” ham uşbu yönalişdagi tanlovlardan biridir.
Markaziy kengaş raisi örinbosari Feruza Muhammedjanova tanlovning asosiy maqsadlariga töxtalib, talabalarning huquqiy-siyosiy ongini yuksaltiriş, ularda siyosiy bahs va muloqot madaniyatini şakllantiriş, siyosiy tahlil va texnologiyalarga oid bilimlarni mustahkamlaş hamda yoşlarni zamonaviy siyosiy institutlar faoliyatiga jalb etiş ekanini qayd etdi. Şuningdek, tanlov yoşlarning ijtimoiy-siyosiy taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, yetakçilik qobiliyatiga ega bölgan iqtidorli talabalarni rağbatlantiriş va kelajak siyosatçilarining yangi avlodini tarbiyalaşga qaratilgan.
Tadbirda tanlov nizomi, bosqiçlari va uni ötkaziş tartiblari haqida ma’lumotlar berildi. Jumladan, körik-tanlov ikki bosqiçda bir neçta Oliy ta’lim muassasalari talabalari iştirokida ötkazilişi ma’lum qilindi. Tanlovni ötkaziş va uning tarğiboti böyiça bir qator taklif-taşabbuslar ilgari surildi.
2023-yilgi tanlovning ilk mavsumida 1500 nafardan ziyod talabalar iştirok etgan bölib, ular orasidan 36 nafar yoşlar respublika bosqiçiga saralab olingan edi. Uşbu bosqiç iştirokçilari tomonidan ilgari surilgan 10 dan ortiq takliflar “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasining 2025-2029 yillarga möljallangan Saylovoldi dasturiga vazifa sifatida kiritildi. Şuningdek, respublika bosqiçi iştirokçilari taşabbusi bilan “Siyosat maydoni” yoş siyosatçilar klubi taşkil etilgan bölib, u bugungi kunda ham öz faoliyatini davom ettirmoqda.
Muxlisa Ergaşeva,
partiya Markaziy kengashi bölim boşliği