Qoraqalpoğistonning buguni va kelajagi uçun muhim qadamlar


1635     13.11.2026

Qoraqalpoğiston boy tarixga, betakror madaniy meros, yuksak ma’naviy qadriyat va ulkan salohiyatga ega zamin hisoblanadi. Şu bois, hududni har tomonlama rivojlantiriş, mavjud imkoniyatlarni röyobga çiqariş, aholi uçun munosib şaroitlarni yaratişga qaratilgan har bir taşabbus mintaqaning istiqboli uçun muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimizning “Qoraqalpoğiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ham ana şu maqsadlarga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir. Hujjatda madaniy merosni asraşdan tortib, turizmni rivojlantiriş, hunarmandçilikni qöllab-quvvatlaş, suv ta’minotini yaxşilaş va aholiga moliyaviy xizmatlarni yaqinlaştirişgaça bölgan muhim yönalişlar qamrab olingan.

E’tiborli jihati, uşbu vazifalar Qoraqalpoğistonning faqat bugungi ehtiyojlarini emas, balki uzoq istiqboldagi taraqqiyotini ham nazarda tutadi. Zero, mintaqaning barqaror rivojlanişi iqtisodiy loyihalar bilan bir qatorda, uning tarixiy qiyofasi, milliy özligi, ma’naviy boyligi va inson salohiyatini asrab-avaylaş bilan ham çambarças boğliq.

Avvalo, Savitskiy nomidagi Qoraqalpoğiston davlat san’at muzeyining birinçi blokini 2027–2028-yillarda 40 milliard söm mablağ hisobidan rekonstruksiya qiliş rejasiga alohida töxtaliş joiz. Mazkur muzey şunçaki san’at asarlari saqlanadigan maskan emas. U Qoraqalpoğistonning madaniy qiyofasi, boy tarixiy merosi va jahon madaniyatidagi örnini namoyon etuvçi noyob ma’naviy xazinadir. Uning infratuzilmasini yangilaş, zamonaviy şaroitlar yaratiş orqali noyob eksponatlarni asraş, ularni dunyoga kengroq tanitiş va xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantiriş imkoniyatlari kengayadi.

Nukus şahridagi “Ğәrezsizlik” mahallasida zamonaviy me’moriy yeçimlar asosida Hunarmandlar markazi va “alleya” barpo etilişi ham mintaqaning iqtisodiy va madaniy hayoti uçun yangi imkoniyatlar oçadi. Qoraqalpoq xalqining milliy hunarmandçiligi, amaliy san’ati va avloddan-avlodga ötib kelayotgan an’analari xalqimizning bebaho boyligidir. Ularni zamonaviy markazda namoyiş etiş, hunarmandlarning mahsulotlarini keng tarğib qiliş, yoşlarni uşbu sohaga jalb etiş orqali milliy merosni saqlaş bilan birga, yangi iş örinlari va daromad manbalarini şakllantiriş imkoni paydo böladi. Bunday maskanlar kelgusida sayyohlar uçun ham öziga xos taşrif nuqtasiga aylanişi mumkin.

Qoraqalpoğistonning xalqaro miqyosdagi qiyofasini belgilab beruvçi muhim omillardan biri Orol dengizi tarixi bilan boğliq. Möynoq tumanidagi Orol dengizi tarixi muzeyini modernizatsiya qiliş uçun loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqişga xorijiy kompaniyani jalb etiş belgilangani bejiz emas. Çunki Orol fojiasi nafaqat mintaqamiz, balki butun insoniyat tarixidagi eng jiddiy ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Bu muzeyni zamonaviy talablar asosida takomillaştiriş orqali Orolning ötmişi, ekologik inqiroz oqibatlari, bugungi özgarişlar va kelajakka qaratilgan sa’y-harakatlarni keng jamoatçilikka yetkaziş mumkin. Bu öz navbatida ekologik turizmni rivojlantiriş va xalqaro hamjamiyat e’tiborini mintaqamizga qaratişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Şu bilan birga, qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, şoir va mutafakkir Berdaq Qarğaboy öğli tavalludining 200 yilligini keng nişonlaş böyiça alohida dastur işlab çiqilişi belgilangani ulkan ma’naviy ahamiyatga ega. Berdaq xalqimizning milliy ğururi, tarixiy xotirasi va ma’naviy dunyosining yorqin timsollaridan biri. Uning ijodi orqali xalqning orzu-intilişlari, adolat va ma’rifatga bölgan intilişi, milliy özligi namoyon böladi. Şu bois, yubileyni keng nişonlaş faqat tarixiy sanani e’tirof etiş emas, balki buyuk merosni yoş avlod ongiga singdiriş, milliy adabiyotimiz va ma’naviyatimizni yangi avlodga munosib yetkaziş imkoniyatidir.

Mazkur qarordagi taşabbuslarning yana bir muhim jihati şundaki, ular Qoraqalpoğistonni bir vaqtning özida ham boy tarix va madaniyatga ega mintaqa, ham turizm, hunarmandçilik va xizmat körsatiş sohalari rivojlanayotgan hudud sifatida namoyon etişga qaratilgan. Bu yönalişlarning özaro uyğunligi yangi iqtisodiy imkoniyatlar, bandlik va aholi daromadlarini oşiriş uçun zamin yaratadi.

Muxtasar aytganda, qarorda belgilangan çora-tadbirlar Qoraqalpoğistonning bugunini mustahkamlaş, ertangi taraqqiyoti uçun yangi imkoniyatlar yaratiş va uning ulkan salohiyatini töliq röyobga çiqarişga qaratilgan muhim vazifalar majmuidir. Ularning samarali ijrosi esa mintaqamizning barqaror rivojlanişi va xalqimiz farovonligiga xizmat qilişi bilan qadrlidir.

 

Nazira AMETOVA,
Qoraqalpoğiston Respublikasi
Jöqorği Kengesi deputati