1651 17.11.2026
Dunyo ahliga iqlim özgarişlaridan köra, mafkura poligonlaridagi özgarişlar kuçliroq ta’sir qila boşlagani bejiz emas.
Yon-atrofimizda yangrayotgan ayrim taklif va, hatto talablar ortida yaqin kelajakka möljallangan geosiyosiy xohişlar yotgani esa şu ma’noda ham turli millat va elatlarni xuşyorlikka undayapti.
Diplomatik tavozelar tönini yeçib bölsada, ilgari surilayotgan bunday qaraşlar aslida tarixning kir safihalarini eslatadi.
Yaqinlik va birlik özaro tuşuniş va anglaşdan boşlanar ekan, demak imperiyaçilik xumori tutayotgan ayrim davlatlar uluşini qisqartirib, ezgu niyatlarimiz hamohang bölgan turkiy tilli davlatlar örtasida axborotlar, ayniqsa, teleradiokanallar va boşqa OAVlarning töğridan-töğri efirga uzatilişini yölga qöyiş kerak. Bu, eng avvalo, tilimiz, qaraşlarimiz va hatto rejalarimiz rangining bir xil bölişiga köproq xizmat qiladi.
Mirodil Abdurahmonov,
partiya Markaziy kengaşi raisi örinbosari