2078 17.11.2026
17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Markaziy kengaşda “Siyosat maydoni” intellektual körik-tanlovining III mavsumiga start berildi.
Mazkur tadbir Xalqaro talabalar kunini keng nişonlaş, yoşlarning siyosiy-huquqiy bilim va salohiyatini namoyon etiş, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oşiriş hamda istiqbolli yoş kadrlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Partiyaning “Yoşlar va ayollar qanoti” taşabbusi bilan yölga qöyilgan mazkur loyiha Yangi Özbekiston taraqqiyotining yangi bosqiçida yuksak siyosiy tafakkur, mustaqil fikrlaş, faol fuqarolik pozitsiyasi va zamonaviy dunyoqaraşga ega bölgan yoşlar avlodini şakllantirişga xizmat qiladi.
Tadbirda Toşkent şahridagi 9 ta oliy ta’lim muassasasidan kelgan talabalar iştirok etib, özlarining siyosiy-huquqiy bilimlari, tahliliy fikrlaş qobiliyati, notiqlik mahorati hamda dolzarb ijtimoiy-siyosiy masalalar yuzasidan mustaqil qaraşlarini namoyon etdilar. Şuningdek, partiyaning “Anor” loyihasida faol iştirok etib kelayotgan talabalarning qatnaşuvi tadbir mazmunini yanada boyitdi.
Ta’kidlaş joizki, “Siyosat maydoni” kabi intellektual va amaliy loyihalar yoşlar, xususan, xotin-qizlarning siyosiy savodxonligini oşiriş, ularning yetakçilik va taşabbuskorlik qobiliyatlarini rivojlantiriş, mustaqil va tahliliy fikrlaydigan siyosiy kadrlar avlodini şakllantiriş, şuningdek, partiyaning dasturiy maqsad va ğoyalarini yoşlar örtasida keng tarğib etişda muhim ahamiyatga ega bölmoqda.
Tadbir yakunida öz bilimi, iqtidori va faolligi bilan alohida ajralib turgan ğolib va sovrindorlar partiya Markaziy kengaşi tomonidan maxsus diplom hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Muxlisa Ergaşeva,
partiya Markaziy kengaşi bölim boşliği