Bayroğimiz boşimiz uzra doimo mağrur hilpirasin!


1955     18.11.2026

Har bir inson uçun Vatan aziz. Vatanni seviş esa uning har bir qariç yerini, tinç osmoni, xalqini va davlat ramzlarini qadrlaşdan boşlanadi. Özbekiston bayroği ham ana şu tuyğularni özida mujassam etgan, qalbga faxr va iftixor bağişlaydigan muqaddas ramzdir.

18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun. Bu sana bizga şunçaki tarixiy voqeani emas, balki mustaqillikning naqadar uluğ ne’mat ekanini ham eslatadi.

Bayroğimiz ranglari zamirida xalqimizning orzu-umidlari, tinçlikka intilişi, ezgu niyatlari va yoruğ kelajakka işonçi mujassam ekanini his qilamiz. Uning moviy rangida osmonimiz musaffoligi, oq rangida tinçlik va poklik, yaşil rangida esa hayot va yangilaniş nafasi bor.

Ayniqsa, xorijiy mamlakatlarda Özbekiston bayroği hilpirayotganini körganimizda beixtiyor qalbimizda faxr tuyğusi uyğonadi. Çunki u yerda şunçaki davlat ramzi emas, balki bizning kimligimiz, qaysi yurt farzandi ekanimiz namoyon böladi. Sportçilarimiz xalqaro musobaqalarda ğalaba qozonib, bayroğimizni baland kötargan lahzalarda esa bu faxrni butun xalqimiz birdek his qiladi.

Bugun bayroğimizga qarab, yana bir bor şukronalikni his qilamiz. Tinç yurtda yaşayotganimiz, mustaqil davlat fuqarosi ekanimiz, öz ramzlarimiz va milliy qadriyatlarimiz borligi katta baxt.

Bayroğimiz boşimiz uzra doimo mağrur hilpirasin. Zero, bayroğimiz – bu bizning faxrimiz, ğururimiz va Vatanimizga bölgan çeksiz muhabbatimiz ifodasidir.


Mahmudjon ALIŞEROV,
partiyaning Farğona viloyat Kengaşi boş mutaxassisi