Ziyo çiroği bardavom


1633     19.11.2026

Xalqning qudrati nimada? Qöşin sonidami yoki yer boyligida? Tarix bunga boşqaça javob beradi: millatni millat qilgan kuç — olimlar, mudarrislar, şoirlar, ya’ni ziyolilar.

Noyabr oyida mamlakatimiz böylab Özbekiston ziyolilari kengaşining hududiy yiğilişlari bölib ötdi. Mustaqilligimiz tarixida bunday anjuman ilk bor ötkazilmoqda. Toşkentda, Xorazmda va Buxoroda “Yangi Özbekiston ziyolilari — milliy yuksaliş tayançi” şiori ostida olimlar, pedagoglar, ijodkorlar, mahalla faollari hamda yoşlar bir davra qurdi. Bu voqea ötmişga boqib, özimizga savol berişga çorlaydi: ziyoli aslida kim va uning jamiyatdagi örni qanday bölgan?

Yurtimizdan yetişib çiqqan allomalar ilmni heç qaçon kitob jildiga qamab qöymagan. Imom Buxoriy hadis izlab, yillar davomida izlangan. Töplagan bilimini saralab, kitobga jamladi va millionlar uçun oçib berdi. Imom Termiziy ham şu yölni davom ettirdi, uning asarlari bugun ham sevib öqiladi. Imom Moturidiy esa Samarqandda aql va e’tiqodni uyğunlaştirgan ta’limot yaratdi.

Xorazmdagi Ma’mun akademiyasi — “Donişmandlar uyi”da Beruniy va zamonasining boşqa olimlari hamkorlikda ijod qildi. Beruniy bilan Ibn Sino örtasidagi savol-javoblar ilmiy bahs madaniyatining ajoyib namunasidir. Ibn Sino Hamadonda vazirlik lavozimida ham xizmat qildi va olimlik bilan davlat işini uyğunlaştiriş mumkinligini amalda körsatdi. Bu ma’rifatning bardavomligini Burhoniddin Marğinoniyning qaraşlarida hamda huquqiy maslahatlarida köramiz. Marğinoniyning butun islom olamida maşhur bölgan “Hidoya” asari 1178-yili Samarqandda yozildi. Mahmud ibn Sulaymon al-Kafaviyning “Katoib ul-a’lom al-axyor fi taboqot fuqaho va maşoyix mazhab an-Nu’mon” asarida keltirilişiça, Burhoniddin al-Marğinoniy “Bidoyat al-muntahiy” asari sözboşisida “Hidoya”ning yaratilişi xususida bunday yozgan: “Abu-l-Hasan Ali ibn Bakr Abd ul-Jalil bir kuni fiqh masalalariga bağişlangan, hajmi unça katta bölmagan, lekin mazmuni töliq bir yaxlit kitob zarurligi haqida fikr bildirdi. Iroqqa safar qilganimda, u yerda “al- Muxtasar al-Quduriy” (“Quduriy qisqartmasi”) ni kördim. U fiqh bobida ajoyib asar edi.

Bu paytgaça kattayu kiçik barça “Jome’ us-sağir” (“Kiçik töplam”)dan foydalangan edi. Şunda fiqhga oid barça asarlarni jamlab, ulardan eng zarur masalalarni oldim va bu asarga “Bidoyat al-muntahiy” deb nom berdim. Keyinçalik bu asarga şarh yozib, uni “Kifoya ul-muntahiy” deb nomladim”.

Qarangki, öşa davrdayoq fiqh ilmi va huquqiy masalalarga javob beradigan olim hamda uning asari eng yorqin ziyo nuri bölganini tarix isbotladi. Şuningdek, Alişer Navoiy Hirotda yuksak martabaga erişdi, ammo özini xalqdan ajratmadi. U olimlarga, şoirlarga, musavvirlarga homiylik qildi, madrasa, rabot, köprik va hovuzlar qurdirdi. “Muhokamat ul- luğatayn” asarida esa ona tilimizning boyligini himoya qildi. Uning hayot tamoyili quyidagi satrlarda mujassam:

Odamiy ersang, demagil odami,
Onikim yöq xalq ğamidin ğami.

Bu uluğ hikmat bugungi Ziyolilar kengaşida kötarilgan masalalarning tarixiy manbasidir. Keyinçalik jamiyatda ma’naviy va ma’rifat ila yuksaliş jadidlar orqali amalga oşirildi. Faqat bir savol tuğiladi: ularda bugungidek imkoniyatlar bölganmidi? Şunga qaramay, ular xalq orasiga çuqur kirib bordi, maktablar oçdi. Bugun yangi Özbekistonda Prezident maktablari taşkil etilgan, OTMlar soni 200 dan oşdi. Yoşlar uçun imkoniyatlar kengaydi. Bu tarix bizga bitta saboq beradi: ziyoli jamiyat içida yaşaydi va uning taşvişini öz taşvişi deb biladi. Muloqotlarda ham şu fikr aytildi. Ziyoli deganda faqat diplom sohibi emas, balki ilğor fikrlaydigan, taşabbuskor, ma’naviyatli, odamlarni ortidan ergaştira oladigan inson nazarda tutildi. Yetti şö’bada oilada va mahallada tarbiya, raqamli muhitning yoşlarga ta’siri, davlat tilining nufuzi, kitobxonlik madaniyatini oşiriş masalalari muhokama qilindi. Bular — bugungi kunimizning eng dolzarb masalalari. Hozir oldimizda aniq vazifa bor: jamiyatda ma’naviy muhitni barqarorlaştiriş, islohotlar mohiyatini xalqqa töğri tuşuntiriş, yoşlarning ongu tafakkurini yangi Özbekiston ğoyalari bilan boyitiş lozim. Buning uçun faqat minbardan gapiriş yetarli emas. Yoşlar qalbiga quloq tutiş, keksalar duosini oliş, odamlarning dardini eşitiş kerak. Yoşlarni raqamli muhitdagi salbiy ta’sirdan asraş, özbek tilining nufuzini oşiriş, kitobga mehrni qaytariş ham har birimizning işimiz.

Kengaşning rasmiy murojaat boti — @ziyoliuz_bot işga tuşirildi. Olim, öqituvçi, şifokor, ijodkor, tadbirkor, yoş tadqiqotçi, şuningdek, yurt taraqqiyotiga befarq bölmagan har bir fuqaro öz taklifini töğridan töğri kengaş muhokamasiga yöllaşi mumkin. Kelib tuşgan takliflar umumlaştirilib, respublika yiğilişiga taqdim etiladi. Demak, muloqot yiğiliş bilan tugamaydi.

Birinçi Renessans davrida Beruniy va Ibn Sino yaşadi. Ikkinçisida Navoiy va Uluğbek ijod qildi. Bugungi ziyolilar esa ularning munosib izdoşlari bölişi kerak. Tarix har davrda ziyolidan bir narsani söraydi: “Xalqing uçun nima qilding?”. Javob esa sözda emas, amalda böladi.

 

Feruza MUHIDDINOVA,
“Ma’rifat” tarğibotçilar jamiyati a’zosi
​“Yangi Özbekiston” gazetasining 2026-yil 18-noyabr sonidan olindi