Insoniyat çek-çegarasiz oqibatlarga duç kelişi mumkin


1668     20.11.2026

Turkiyaning Antaliya şahrida BMTning iqlim özgarişlari böyiça 31-konferensiyasi bölib ötdi.

Unda Jahon yetakçilari sammiti ham taşkil etilib, 90 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari, jumladan, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham iştirok etdi. Xalqaro anjuman haqida gap ketganda, bugun heç bir davlat taşqi hamkorlarsiz rivojlana olmagani kabi çegara bilmayotgan tabiat injiqliklarini ham mustaqil hal etolmasligini ta’kidlaş lozim. Ayniqsa, iqlim özgarişlari bilan boğliq muammolar şunçalar keskinlaşdiki, global taraqqiyot bugun insoniyatga töğridan-töğri xavf solmoqda. Xususan, hozirning özida dunyo iqtisodiyotiga yiliga yuzlab milliard dollar zarar yetkazilyapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, keyingi 10 yil insoniyat tarixidagi eng issiq davr böldi va zaminimiz harorati 1,5°C lik kritik çegaradan oşiş arafasiga kelib qoldi. Albatta, bu raqam kimlargadir arzimasdek tuyulişi mumkin, lekin uning oqibatlari tasavvurimizga ham siğmaydi: birgina muzliklarning erişidan okean sathi bir neça metrga kötariladi va bu yuz millionlab odamlarni uylarini taşlab, boşqa joylarga köçişga majbur qiladi. Okean oqimlarining özgarişi esa issiq ölkalarga sovuq, sovuq ölkalarga esa anamal issiq olib keladi. Bu esa tabiiy ofatlar yanada köpayadi, deganidir. Eng yomoni, çuçuk suv zahiralari kamayib, tuproq şörlanadi va oziq-ovqat yetişmovçiligini paydo qiladi. Bunday ofatning ekotizim va hayvonot olamiga ta’siri esa çeksiz- çegarasiz.

Aslida bunday muammolarning paydo bölişiga insoniyatning özi sababçi. Eng qiziği, bugun uning özi ana şu ofat oldini oliş haqida boş qotirmoqda. Masalan, birgina atmosferaga çiqarilayotgan issiqxona gaz çiqindilari rekord darajaga - yiliga 57,1 gigatonnaga yetdi. Kömir, neft va tabiiy gaz yoqilişidan paydo bölgan karbonat angidrid va azot oksidlari esa global çiqindilarning 75 foizini taşkil etmoqda.

Insoniyat tomonidan taşlanayotgan çiqindilar miqdori yiliga 2,5 milliard tonnani taşkil etadi. Bu körsatkiç 2050-yilga borib 4 milliardga yetişi mumkin. Şu örinda çiqindilar metan gazining dunyodagi eng yirik manbai hisoblanişini ham aytiş joiz. Mutaxassislarning qayd etişlariça, metan karbonat angidridga qaraganda atmosferada issiqlikni 60-80 barobar kuçliroq uşlab turadi va global isişni tezlaştiradi. Umuman, bu gazlar yer atrofida öziga xos parda hosil qilib, quyoş issiqligini koinotga qaytib çiqib ketişiga tösqinlik qiladi va natijada sayyora harorati oşib boraveradi. Antaliya anjumanida iqlim özgarişlari bilan boğliq muammolarning bugungi kun va kelajakdagi xatarlaridan dunyo ofkor ommasi yana bir bor ogoh etilib, issiqxona gazlarini kamaytiriş, toza energetikaga ötiş, iqlim moliyasini kengaytiriş, oziq- ovqat xavfsizligi va suv taqçilligiga qarşi kuraşiş masalalarigaça muhokama qilinmoqda. Bu borada taklif-taşabbuslar ilgari surilyapti. Jumladan, konferentsiyaning yalpi sessiyasida Davlatimiz rahbari sözga çiqib, mamlakatimizda sönggi yillarda uşbu yönalişda amalga oşirilayotgan işlar haqida ma’lumot berdilar.

Jumladan, gaz çiqindilari 35 foizga qisqardi va 2035-yilga borib zararli çiqindilarni 50 foizga kamaytiriş

böyiça yangi marra belgilandi. Yaqin tört yilda qayta tiklanuvçi energiya uluşi 54 foizga yetkaziladi. Sönggi ön yilda iqtisodiyotdagi suv sarfi deyarli ikki baravarga, havzalardan olinayotgan suv miqdori esa beşdan bir qismga kamaydi. Şu kungaça, suğoriladigan yer maydonlarining 60 foizida suv tejovçi texnologiyalar joriy etilgan bölsa, örmonlar maydoni olti million gektarga köpaytirildi.

Bunda uç milliard dollardan ortiq investitsiya yönaltiriladigan çiqindilar bilan boğliq strategiya joriy etilganini alohida ta’kidlaş joiz.

Yangi Özbekistonda bolalarning ekologik tarbiyasini oiladan, boğçadan boşlaşga, maktabda davom ettirişga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 2050-yilga borib Özbekiston aholisining törtdan uç qismi tabiatni asraş böyiça puxta bilimga ega böladi.

Ma’lumki, Markaziy Osiyo sayyoradagi eng tez isiyotgan mintaqa hisoblanadi. Birgina Özbekistonda örtaça harorat har ön yillikda 0,25°C ga kötarilmoqda va bu global örtaça körsatkiçdan ikki barobar yuqoridir. Amudaryo va Sirdaryoni töyintiruvçi muzliklar sönggi ön yilliklarda 25 foizga qisqardi va yaqin 20 yil içida yana 20 foizga kamayişi kutilyapti. Mutaxassislarning fikriça, 2060-yillarga borib mamlakatimizda jazirama kunlar soni yiliga örtaça 28-29 kunga köpayişi mumkin.

Anjumanda Özbekiston tomonidan Markaziy Osiyoning Iqlim integratsiyasi modelini rivojlantiriş taşabbusi ilgari surildi. Uning doirasida axborot almaşuvini yölga qöyiş, “yaşil” texnologiyalarni joriy etiş va taraqqiyot banklari, maqsadli jamğarmalar bilan birgalikda mintaqa uçun yangi kömak vositalarini işlab çiqiş takliflari bildirildi.

Abdulhakim EŞBOYEV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati
“Milliy tiklaniş” gazetasining 2026-yil 18-noyabr sonidan olindi