Yuksaliş davri: tub ildizlar haqida...


1663     20.11.2026

Davlatimiz rahbarining dunyoning eng nufuzli ellik nafar musulmonlari qatoriga kiritilgani töğrisidagi xabar milliy taraqqiyotimiz yetakçisidan faxrlanişimizga sabab bölişi barobarida köplab yurtdoşlarimizda qiziqiş ham uyğotdi: xöş, bu qanday reyting, u qanday mezonlarga asoslanadi?

Ma’lum bölişiça, Iordaniyaning Amman şahrida joylaşgan Qirollik islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan ta’sis etilgan «The Muslim 500» naşri 2009-yildan buyon çop etib kelinadi. Prezidentimiz 2024 va 2025-yillarda ham mazkur naşrning 500 nafar musulmon şaxslari röyxatiga kiritilgan. Biroq 2027-yilgi naşrda Yurtboşimiz ilk bor eng nufuzli 50 nafar musulmon orasida 40-davlat rahbarlari va siyosatçilar toifasida esa 18-örinda qayd etildilar.

Şu örinda uşbu naşrning 129-sahifasida Davlatimiz rahbarining faoliyati bir neçta yönalişlarda tahlil qilinganini aytiş joiz. Ular orasida milliy iqtisodiyotni liberallaştiriş, mamlakatda majburiy mehnatga batamom barham berilişi, Markaziy Osiyoda davlatlararo munosabatlarning yaxşilanişi hamda xalqaro savdo va diplomatik hamkorlikning kengayişiga doir taşabbuslar alohida e’tirof etilgan. Şu bilan birga, uşbu tahlillarda Özbekistonning tarixiy islomiy merosini asraş, masjidlar quriş va ta’mirlaş, Haj va Umra ziyoratlarini kengaytiriş, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy ilmiy merosini örganişga qaratilgan yirik loyihalar ham alohida tilga olingan. Bu esa uşbu naşrda faqat diniy emas, balki davlat rahbarining siyosiy, iqtisodiy, diplomatik va madaniy faoliyati ham xolis baholanganini körsatadi.

Albatta, bunday özgarişlarni faqat xalqaro reyting yoki e’tiroflar bilan boğlaş unçalik töğri emas. Çunki yurtimizda xalqning diniy ehtiyojlari qondirilişi, tarixiy va ma’naviy qadriyatlarini tiklaş, ajdodlar merosini asrab-avaylaş biron-bir mukofot yoki e’tirofga erişiş uçun amalga oşirilayotgani yöq. Bu, eng avvalo, millatning özligi, tarixiy xotirasi va kelajak avlod oldidagi mas’uliyati bilan boğliq masala. Yangi Özbekiston islohotlarining mezoni ham odamlar hayotida qay darajada aks etayotgani, yillar davomida amalga oşmay qolgan orzu-intilişlarining röyobga çiqişi bilan boğlanyapti. «The Muslim 500» naşrining xulosasini esa xalqaro maydonda ana şu jarayonlarga berilgan baho, deb qabul qiliş joiz.

Tan olaylik: biz bugun erkinlik, bağrikenglik va osoyiştalik hukmron bölgan yurtda yaşab, bunday bebaho ne’mat ortida yillar davomida olib borilgan oqilona va insonparvarlikka asoslangan davlat siyosati, fidokorona mehnat hamda xalqimizning asriy qadriyatlari mujassam ekanini çuqur his etyapmiz. Jamiyatda qaror topgan tinçlik, millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglik muhiti ham öz-özidan paydo bölib qolgani yöq. Bu -Yangi Özbekistonda inson qadri, uning e’tiqod erkinligi va ma’naviy ehtiyojlarini uluğlaşga qaratilgan izçil va tizimli islohotlarning amaliy natijasidir.

Qayd etiş joizki, istiqlolning ilk kunlaridanoq boşlangan ma’naviy tiklaniş yöli bugunga kelib, yuksaliş bosqiçiga kirdi. Yurtimizda e’tiqod erkinligining huquqiy poydevori mustahkamlanib, diniy-ma’rifiy merosni ilmiy asosda tadqiq etiş va milliy-diniy qadriyatlarni e’zozlaş davlatimiz siyosatining ajralmas qismiga aylandi. Eng asosiysi, turli millat va elat vakillari örtasida qaror topgan özaro hurmat va bağrikenglik muhiti mamlakatimiz barqarorligi va tinçligining mustahkam kafolatiga aylandi. Ayni paytda yurtimizda 16ta diniy konfessiyaga mansub 2300 ga yaqin diniy taşkilotlar faoliyat yuritmoqda.

Keyingi yillarda davlatning dinga bölgan munosabatidagi özgarişlardan biri bu Haj ziyoratiga oid ayrim tösiqlarning butunlay olib taşlangani böldi. Bilamizki, yaqin-yaqingaça Haj kvotalarining çeklangani, yillar davomida navbat kutişlar, hujjatlaştiriş va ruxsat oliş bilan boğliq murakkabliklar sabab aksariyat yurtdoşlarimizning ezgu orzusi har doim ham amalga oşmasdi. E’tibor bering: keyingi 10 yilda Hajga boruvçilar soni qariyb uç barobarga oşdi. Din işlari böyiça qömitaning 2026-yil 23-iyundagi hisobotiga köra, 2016-yilda 5 200 nafar fuqaro Haj ibodatini ado etgan bölsa, 2026-yilda 15 ming nafar ziyoratçi respublikaning 9 ta xalqaro aeroportidan 62 ta aviaqatnov orqali Saudiya Arabistoniga yetkazildi. 2026-yilning ötgan davrida esa nuroniylar, mehnat faxriylari va ijtimoiy kömakka muhtoj oila vakillarining 100 nafariga Haj safari xarajatlari tölab berildi...

Şu örinda Hukumatimizning 2018-yilning 27-dekabrida qabul qilingan 1056-sonli qarori Umra ziyoratini taşkil etiş tizimidagi eng muhim özgarişlardan biri bölganini alohida ta’kidlaş joiz. Uşbu özgariş mohiyatini tuşuniş uçun 2017-yildagi tartibga nazar taşlaş kerak: 2018-yildan boşlab Umra safari uçun yillik kvotani 6 ming nafardan 10 ming nafarga oşiriş belgilangan edi. Garçi bu ziyoratçilar sonini köpaytirişga qaratilgan bölsa-da, ammo umumiy son hamon yillik kvota bilan çeklanardi. 1056-sonli qaror bilan esa birinçidan, yillik son çeklovlari bekor qilindi. Avval Umra ziyoratiga boriş davlat tomonidan belgilangan yillik kvota doirasida amalga oşirilgan bölsa, 2018-yil oxirida 10 ming nafarlik çegarani belgilab turgan norma bekor qilindi.

Uşbu özgarişlar natijasi keyingi yil körsatkiçlarida yaqqol közga taşlandi: 2018 - 2019-yilgi mavsumda 27 380 nafar yurtdoşimiz Umra ziyoratini amalga oşirdi. (Şundan 5 500 nafari faqat Ramazon oyida muqaddas qadamjolarni ziyorat qildi).

Qaror tufayli, fuqarolarning diniy ehtiyojlariga bölgan yondaşuv ham özgardi. Ya’ni, Umra ziyorati faqat belgilangan son doirasi bilan çeklanmaydigan böldi. Bu, ayniqsa, yillar davomida muqaddas zaminni ziyorat qilişni orzu qilib kelgan, ammo kvota çeklovlari sabab öz niyatini amalga oşira olmagan insonlar uçun uşalmas orzu edi. Töğri, ayrimlarda kvota bekor qilindi, degani barça çeklovlar yöqoldimi, degan savol paydo bölişi mumkin. Bu yerda muhim bölgan bir huquqiy farqni tuşunib oliş kerak: uşbu qaror Umra ziyorati uçun belgilangan yillik son çeklovini bekor qildi. Lekin bu ziyoratlarni taşkil etişdagi barça tartib-qoidalar bekor qilindi, degani emas. Misol uçun, ziyoratçilarni taşkillaştiriş, hujjatlarni rasmiylaştiriş, Saudiya Arabistoni vizasini oliş, transport va xavfsizlik masalalari böyiça talablar saqlab qolindi. Köp ötmay uşbu tizim yanada takomillaştirildi: 2025-yilda Umra tadbirlarini taşkil etiş alohida litsenziyalanadigan faoliyat sifatida belgilanib, uşbu xizmatni körsatuvçi tadbirkorlik subyektlari Din işlari böyiça qömitadan tegişli litsenziya olişlari şartligi belgilab qöyildi. Bu esa kvota bekor qilinganidan keyin ham davlat ziyoratçilar xavfsizligi va xizmatlar sifatini nazorat qilmoqda, deganidir.

«The Muslim 500» naşri e’tibor qaratgan muhim jihatlardan yana biri bu masjidlar qurilişiga qaratilgan e’tibordir.

Keyingi sakkiz yilda 105 ta masjid davlat röyxatidan ötkazilib, 2025-yil yakunida ular soni 2 148 taga yetdi. Şu yilning özida 43 ta masjid rekonstruktsiya qilinib, 15 tasi mukammal ta’mirlandi. Agar 2026-yilning yarim yilligida masjidlar soni 2 160 taga yetgan bölsa, yanvar-iyun oylarida yana 12 ta yangi masjid davlat röyxatidan ötkazildi.

Şu örinda 2017-yildan boşlab, masjidlarda azonni ovoz kuçaytirgiçlar orqali aytiş amaliyoti yana qayta tiklanganini alohida ta’kidlaş joiz. Yoşlarning jamoaviy ibodatlarda iştirokiga oid avvalgi çeklovlar esa keskin yumşatildi.

Yana bir özgariş: mahalliy diniy taşkilot tuziş uçun talab qilinadigan ta’sisçilar soni 100 nafardan 50 nafarga tuşirildi. Bunda ham elektron ariza topşiriş imkoni yaratilib, röyxatdan ötkaziş tartiblari soddalaştirildi.

Yodingizda bölsa, 2017-yili Prezidentimiz tomonidan diniy ekstremizmga ehtimoliy aloqadorlik asosida yuritilgan va 17 mingdan ortiq kişi kiritilgan nazorat röyxatidan taxminan 16 ming fuqaroni çiqarib taşlaş töğrisidagi hujjatga imzo çekkan edilar. Öşanda uşbu xabar Reuters agentligi tomonidan ham keng yoritilgan edi. Töğri, uşbu raqam röyxatdan çiqarilgan barça insonlarning ham avval asossiz ayblanganini anglatmaydi. Biroq şubha ostida bölgan insonlarning maqomini qayta körib çiqiş va ularni jamiyatga qayta moslaştirişga qaratilgan bunday xalqona siyosat davlatning dinga bölgan munosabatidagi muhim özgarişlardan biri bölganini tahlilçilar ham alohida e’tirof etmoqdalar.

Yana raqamlarga qaytsak: 2018-yildan 2025-yilning avgust oyiga qadar yurtimizda 28 ta «Qur’oni Karim va tajvid» kurslarida 77 mingga yaqin fuqaro ta’lim oldi. 2026-yilning yanvar- iyun oyi tahlillarida esa islom muassasalari soni 14 ta (4 tasi oliy, 10 tasi örta maxsus), ilmiy-tadqiqot markazlari soni esa 5 taga yetkazildi.

Ayni paytda Yangi Özbekistonda olib borilayotgan diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar aks-sadosi jahonning eng yuksak va nufuzli minbarlarida ham yangramoqda. Prezidentimiz tomonidan 2017-yilning sentyabr oyida ötgan BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan ezgu taşabbus asosida 2018-yilning dekabr oyida ötgan 73-sessiyada “Ma’rifat va diniy bağrikenglik” nomli maxsus rezolyutsiyaning qabul qilinişi Özbekistonning umumjahon tinçligi va ma’rifiy barqarorligiga qöşayotgan beqiyos hissasi hamda mamlakatimizdagi bağrikenglik modeli jahon hamjamiyati tomonidan ham yuksak e’tirof etilganining yorqin ifodasi böldi.

Ta’kidlaş joizki, yurtimizda islom dini va uning ezgu qadriyatlari nafaqat e’tiqodiy va amaliy jihatdan, balki mukammal ilmiy-ma’rifiy va tadqiqotçilik nuqtai nazaridan ham qöllab- quvvatlanmoqda. Bunga misol sifatida keyingi yillarda taşkil etilgan Imom Buxoriy (2017), Imom Termiziy (2017), Imom Moturidiy (2020) hamda Bahouddin Naqşband (2025) xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini faxr bilan keltiriş mumkin. Şuningdek, Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan qad rostlab, 2026-yilda öz faoliyatini boşlagan megaloyiha - Islom sivilizatsiyasi markazi buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini çuqur tadqiq etiş, islom ma’rifatining asl insonparvarlik va bunyodkorlik mohiyatini butun dunyoga keng tarğib qilişda Uçinçi Renessans poydevori qöyilganining betakror ramzi va Şarq ma’rifatining muhtaşam maxzaniga aylandi. Şu örinda uşbu Markazga joriy yilning 1-iyuniga qadar yarim million mahalliy va xorijiy mehmon taşrif buyurgani, 150 dan ortiq xorijiy delegatsiya uning faoliyati bilan tanişgani xalqaro qiziqiş yuqori ekanini körsatadi. Zero, buyuk ajdodlar merosini asraş - ötmiş bilan faxrlanişgina emas, balki uni yangi avlod tafakkuriga singdiriş, ilm-ma’rifat bilan boyitiş va kelajakka yetkaziş mas’uliyati hamdir.

Gap dinga bölgan munosabat haqida ketganida 2025-yilning 25-fevralida ÖRQ-1037-sonli qonun bilan fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlaş va diniy sohadagi davlat siyosati kontseptsiyasi ham tasdiqlanganini qayd etiş joiz. Unda qonuniylik, vijdon erkinligi, dinning davlatdan ajratilganligi, tenglik, erkin tanlov va dinlararo muloqot asosiy printsiplar sifatida aniq-tiniq belgilab qöyildi.

Bu masalada esa muhim bir haqiqatni unutmasligimiz kerak. Dunyoviylik bu dinsizlik degani emas. Diniy erkinlik esa faqat bir din vakillariga beriladigan imtiyozni nazarda tutmaydi. Vijdon erkinligi musulmonning namoz öqiş huquqini ham, boşqa din vakilining ibodat qiliş huquqini ham, hatto heç bir dinga e’tiqod qilmaydigan insonning erkin tanlovini ham himoya qilardi. Uşbu tamoyil ayni paytda mamlakatimizdagi turli millat va konfessiyalar vakillarining teng huquqli hayoti va faoliyati uçun huquqiy asos bölib xizmat qilmoqda.

Xulosa qilib şuni aytiş mumkinki, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning «The Muslim 500» reytingida 40-örinda qayd etilganlari - uşbu naşrning Yangi Özbekistonga nisbatan xalqaro e’tiroflarni yana bir bor mustahkamlab, öz xulosasida adolatli mezonlarga tayanganini körsatadi.

 

Lobar ALI,
Markaziy kengaş mutaxassisi
“Milliy tiklaniş” gazetasining 2026-yil 18-noyabr sonidan olindi