1579 20.11.2026
Mamlakatimizda xalq hokimiyatçiligi prinsiplarini hayotga tatbiq etiş, davlat va jamiyat boşqaruvida fuqarolar iştirokini kengaytiriş, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining roli va mas’uliyatini oşirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, Xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari hudud aholisining manfaatlarini ifoda etuvçi, mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etişda iştirok etuvçi, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş va ijro etuvçi hokimiyat organlari faoliyati ustidan vakillik nazoratini amalga oşiruvçi muhim demokratik institut hisoblanadi.
Şu ma’noda, “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Qonunga kiritilgan yangi özgartiriş va qöşimçalar mahalliy vakillik organlari faoliyatini takomillaştiriş yölidagi muhim huquqiy yangilik böldi. Mazkur qonun bilan Xalq deputatlari mahalliy Kengaşi raisi örinbosari lavozimi, Kengaş Rayosati instituti va “Kengaş soati” amaliyoti joriy etildi. Şuningdek, Kengaş faoliyatini taşkil etiş, sessiyalarni ötkaziş, kotibiyat işini muvofiqlaştiriş va qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilişga doir vakolatlar aniqlaştirildi.
Bu özgarişlar mohiyatan bitta muhim maqsadga – mahalliy Kengaşlarning hudud hayotidagi örnini kuçaytiriş, ularni aholi manfaatlarini ifoda etuvçi va muammolar yeçimiga faol ta’sir körsatuvçi samarali vakillik instituti sifatida rivojlantirişga qaratilgan.
Qonun bilan joriy etilgan muhim yangiliklardan biri xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşi raisi örinbosari lavozimidir. Endilikda Kengaş raisi va uning örinbosari Kengaş vakolatlari muddatiga saylanadi. Rais örinbosari bir vaqtning özida Kengaş kotibiyati mudiri vazifasini ham bajaradi. Kotibiyat mudiri doimiy asosda faoliyat yuritadi va kotibiyat xodimlarini lavozimga tayinlaş hamda lavozimidan ozod qiliş vakolatiga ega böladi.
Bu özgarişning ahamiyatini faqat yangi lavozim joriy etilişi bilan izohlab bölmaydi. Gap, avvalo, Kengaş faoliyatining kundalik taşkiliy jarayonlarini tizimli yölga qöyiş, deputatlar işini muvofiqlaştiriş va kotibiyatning mas’uliyatini aniq belgilaş haqida bormoqda. Zero, Kengaşning samarali işlaşi faqat sessiyalarda qabul qilinadigan qarorlarga emas, balki ularga puxta tayyorgarlik köriş, doimiy komissiyalar işini taşkil etiş, deputatlar taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va qarorlar ijrosini muntazam kuzatib borişga ham boğliq.
Yangi Qonunning yana bir muhim jihati Xalq deputatlari Kengaşi Rayosati institutining joriy etilişidir. Uning tarkibiga Kengaş raisi, uning örinbosari, siyosiy partiyalar guruhlari rahbarlari, doimiy komissiyalar raislari va hokim kiradi. Uning zimmasiga sessiya kun tartibi loyihasini şakllantiriş, sessiyani çaqiriş, doimiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlaştiriş hamda Kengaş faoliyatini taşkil etiş bilan boğliq boşqa masalalarni hal qiliş vazifalari yuklatilgan.
E’tiborli jihati şundaki, Rayosat öz vakolatiga kiradigan masalalarni a’zolari umumiy sonining köpçilik ovozi bilan hal qiladi. Bu qanday ahamiyatga ega?
Avvalo, Kengaş faoliyatini taşkil etişda kollegial boşqaruv mexanizmi şakllanadi. Siyosiy partiyalar guruhlari va doimiy komissiyalar rahbarlarining Rayosat tarkibiga kiritilişi turli deputatlik taşabbuslarini umumlaştiriş, hududdagi dolzarb masalalarni birgalikda muhokama qiliş va ularni sessiya kun tartibiga kiritiş imkoniyatlarini kengaytiradi.
Masalan, muayyan hududda içimlik suvi ta’minoti, maktab va maktabgaça ta’lim muassasalari holati, tibbiyot xizmatlari sifati yoki içki yöllarni ta’mirlaş bilan boğliq muammolar mavjud bölsa, ularni örganiş, mas’ul komissiyalar iştirokida tahlil qiliş va Kengaş muhokamasiga olib çiqiş jarayonlari tizimli taşkil etilişi mumkin.
Qonun bilan joriy etilgan eng e’tiborli yangiliklardan biri, şubhasiz, “Kengaş soati” institutidir. Unga muvofiq, xalq deputatlari Kengaşi tegişli hududdagi ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlarining deputatlar savollariga javoblarini sessiyada eşitadi. Mazkur institutning hayotiy ahamiyati şundaki, u deputatlarga hududdagi muammolar yuzasidan mas’ul rahbarlar bilan bevosita muloqot qiliş, ularga aniq savollar beriş va tegişli javoblarni Kengaş sessiyasida eşitiş imkonini beradi.
Tasavvur qilaylik: bir hududda aholini içimlik suvi bilan ta’minlaş muammosi yillar davomida hal etilmayapti. Yoki işsizlikni kamaytiriş, tibbiyot muassasalarida xizmat sifatini yaxşilaş böyiça belgilangan vazifalar öz vaqtida bajarilmayapti. Bunday holatlarda deputatlar mazkur masalalarni “Kengaş soati” kun tartibiga olib çiqiş taşabbusini ilgari surişi, mas’ul rahbarlarga savollar yöllaşi va ularning javoblarini sessiyada eşitişi mumkin. Şu tariqa “Kengaş soati” deputatlik nazoratini yangi mazmun bilan boyitib, vakillik organi bilan ijro etuvçi hokimiyat örtasidagi oçiq muloqotni kengaytirişga xizmat qiladi.
Qonun bilan Kengaş sessiyalari va qarorlar ijrosiga oid tartiblar ham takomillaştirildi. Endilikda sessiya kun tartibi loyihasi Rayosat tomonidan şakllantiriladi, sessiyani çaqiriş ham uning vakolatiga kiradi. Kengaş raisi esa Kengaş va Rayosat qarorlarini, sessiya bayonnomalarini imzolaş bilan birga, Kengaş qarorlari ijrosi ustidan nazoratni taşkil etadi.
Bu özgarişlar Kengaş faoliyatida qaror qabul qiliş va uning ijrosini ta’minlaş örtasidagi uzviy boğliqlikni kuçaytiradi. Yangi huquqiy mexanizmlarning joriy etilişi va samarasi, birinçi navbatda, mahalliy Kengaşlar, deputatlar, Rayosat, doimiy komissiyalar va kotibiyatning öz vakolatlarini qay darajada mas’uliyat bilan amalga oşirişiga boğliq.
Şu bilan birga, Kengaş faoliyatining oçiqligini ta’minlaş, sessiyalarda kötarilgan masalalar va erişilgan natijalar haqida aholiga muntazam axborot berib boriş ham muhim ahamiyatga ega. Mahalliy Kengaşlarning samaradorligi – deputatlarning faolligi, aholi manfaatlarining qay darajada ifoda etilişi va qabul qilingan qarorlarning hayotda qanday natija berayotgani bilan belgilanadi.
Davron KESIMOV,
Xalq deputatlari Qaşqadaryo viloyat Kengaşi deputat