2312 xorijliklarning avtomobili olib çiqib ketilmagan


1785     23.11.2026

Mamlakatimizda turizm salohiyatini yanada oşiriş maqsadida çet el fuqarolariga şaxsiy avtomobili bilan Özbekistonda böliş muddatini 90 kundan 180 kunga uzaytiriş taklif etilyapti.

Qonun taşabbuskorlarining ta’kidlaşiça, bu imkoniyat xorij avtomobillarining öz vaqtida mamlakatimizdan olib çiqib ketilişiga ham yordam beradi. Çunki 2013-yildan buyon çet el fuqarolari tomonidan 2312 ta avtomobil qaytarib olib çiqib ketilmagan.

Ularning egalari esa allaqaçon yurtimizdan çiqib ketgan. Buning natijasida 328,8 mlrd. söm miqdoridagi bojxona tölovi undirilmasdan qolib ketgan.