1965 25.11.2026
Nega qiz farzand köpinça otasiga suyanadi? Çunki ota qizini ilk qöllab- quvvatlovçi kuç manbai va umri davomidagi ma’naviy-ruhiy himoyaçisidir.
Bejiz xalqimiz “Qiz — otaning joni”, demaydi. Ota qizining taqdiri va xavfsizligi uçun mas’uliyatni birinçilardan bölib öz zimmasiga oladigan insondir. Şunday ekan, qiz farzand uçun ota qançalik suyanç bölsa, katta oilamiz — yangi Özbekiston uçun ham yurt otasining har bir ayol, har bir farzand, ayniqsa, qizlarga e’tibori va ğamxörligi muhim.
Bugun yurtimizning munis onalari, lobar qizlari davlatning otalarça mehrini qalbida tuyib, çinakam e’zozda yaşaşi uçun har kuni bir yangilik, ezgu taşabbus hayotimizga kirib kelayotganiga guvohmiz. Şu bois, ayol bugun özining tarixdagi mavqeini tiklamoqda. U millat, davlat, xalqning ovoziga aylanmoqda.
Tarix uçun juda qisqa davr mobaynida barça sohada özining yorqin iste’dodini munosib namoyon qilgan neça minglab xotin-qizlar aynan şu davrda kaşf etildi. Ular turli soha larda misli körilmagan marralarni zabt etib, elning yuzi, közi, xalqning qahramoniga aylanmoqda va şu tariqa özlariga bildirilgan yuksak işonçni oqlamoqda.
“Balli, otasining qizi!” degan e’tiroflar bugun Özbekistonimizda xotin-qizlarga berilgan yuksak işonç samarasidir. Aytingçi, ota-ona uçun öz farzandi va ayniqsa, qiz bolaning kamolini körişdan ortiqroq yana ne baxt bor?! “Kimning bir qizi bölsa, u oila daftariga önta öğlim bor deb yozib qöysin”, degan edi Şayx Ali Tantoviy “Ey qizim” asarida. Darhaqiqat, öğil farzandlari- mizni kamsitmagan holda aytiş mumkinki, birgina qizda önta öğilning azmu şijoati mujassamligiga tarix guvoh.
Agar menga oxirgi 10 yilda Vatanimizda nima özgardi degan savol berilsa, javobim tayin: barça sohalarda ayollar huquqlarini ta’minlaşda adolat qaror topmoqda. Mustaqillik davrida boşlangan islohotlar bugun yangi sifat bosqiçiga kirdi. Xotin-qizlar huquqlariga ilk bor Behbudiy, Fitrat, Avloniyning közi, jadidlar tafakkuri, milliy uyğoniş mezonlari, yangi ijtimoiy mas’uliyat sifatida qaralmoqda.
Sönggi 10 yillikda hayotimizda şunday damlar böldiki, ular hanuzgaça odamni hayajonga soladi. 2017-yilda mutlaqo yangi yondaşuv asosida 8 mart munosabati bilan taşkil etilgan bayramni eslaysizmi?
Öşanda ilk bor davlatimiz rahbari bilan xuddi bir oila a’zolaridek bir dasturxon atrofida jam bölgandik. Oramizda nafaqat faxriy, faol ayollar, balki mehnatda toblangan, olis şaharu qişloqlardan kelgan va umrida Toşkentni hatto biror marta ham körmagan, qöllari qadoq opa-singillarimiz ham bor edi. Ular aziz mehmon böldi.
Tan oliş lozim, ilk bor noan’anaviy şaklda taşkil etilgan yuzma-yuz muloqot barçamizni şoşirib qöydi. Prezidentimiz xotin-qizlar bilan dildan suhbat qurdi. Qöl telefonlarimiz olib qöyilmagani bois, ayrimlar hatto davlatimiz rahbari bilan “selfi”ga ham tuşişga ulgurdi. Albatta, mehmonlar öşa kuni nafaqat har bir ayolning ismi qayd etilgan, davlatimiz rahbarining imzosi tuşirilgan tabriknomalar va “Prezident sovğasi” yozuvi bitilgan esdalik tuhfalarni, balki öz qadri va mehnatiga berilgan yuksak e’tibor, e’tirof hamda işonçni ham özlari bilan olib qaytdi.
Uşbu an’ananing bugun ham davom etayotgani yurtimiz xotin-qizlari uçun naqadar quvonarli. Qolaversa, 8 mart bugun xotin-qizlarning haq-huquqlarini ta’minlaş borasidagi islohotlarni sarhisob qiladigan tadbirga ham aylanib ulgurdi.
Prezidentimiz aynan 2017-yilda qizlarimiz iste’dodini yuzaga çiqariş borasida davlat idoralari oldiga bir qator aniq vazifalarni qöydi. “Qizlarimizning salomatligini asraş, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlar egasi bölib voyaga yetişi, jamiyatda öz munosib örnini topişi uçun biz barçamiz — ota-onalar, jamoatçilik, mutasaddi rahbarlar javobgarlik va mas’uliyatimizni yanada kuçaytirişimiz zarur. Nega deganda, qiz bola — bölğusi oila bekasi, kelajagimiz egasidir. Bugun biz ularga qanday ta’lim-tarbiya bersak, ertaga ular yangi avlodimizga şunday tarbiya beradi”.
Uşbu fikr qizlarga yangi imkoniyatlar eşigi oçilişidagi dastlabki qadam böldi. Yangi Özbekiston islohotlari qizlarning ta’lim-tarbiyasi, huquq va imkoniyatlarini kengaytirişdan boşlandi. Prezidentimizning uşbu fikri yana öşa maşhur şarq olimi Tantoviyning “Dunyoning yarmi ayollar, qolganlari ularning tarbiyalanuvçisi” degan hikmatini yodimga soldi.
Zamonaviy dunyoda ham qizlar ta’limi va tarbiyasi masalasi nafaqat inson huquqlari, balki barqaror taraqqiyot, ijtimoiy adolat, iqtisodiy ösiş, oila instituti mustahkamligi va milliy xavfsizlikning muhim omili sifatida qaralmoqda. Şu bois, Özbekistonimizda bu sohaga katta sarmoya yönaltirilmoqda. Qabul qilingan maxsus dasturlar, global harakatlar va institutsional taşabbuslar qizlarning orzulariga qanot bermoqda.
Bu boradagi islohotlarning amaliy natijalariga ötişdan avval, keling, özi qizlar ta’limidagi haqiqiy ahvol qanday bölgan degan savolga töxtalib ötamiz. Çunki biz yaqin-yaqingaça öğil bolaning ta’limiga ustuvorlik berilgan, erta turmuş an’anaga aylangan, qarindoşlar örtasidagi nikohlar “urçigan” jamiyatda yaşaganmiz.
Mustaqillikning ilk yillarida oliy öquv yurtiga kirgan xotin-qizlarimizning ahvolini eslaylik. Biz öqigan davrlarda ba’zan bitta öringa kamida 20 tagaça nomzod töğri kelardi. Boz ustiga, öşa paytda harbiyga borgan yigitlarga oliy öquv yurtiga kiriş uçun qator imtiyozlar berilgan edi. Aksariyat hollarda öğil bolalar şu kamgina örinlarni ham “ilib” ketardi. Öqişdan yiqilgan aksariyat qizlarning taqdiri esa “Töylar muborak” bilan yakun topardi. Iste’dodlar şu tariqa yerga “kömilardi”. Öşa paytda qizlarni bir oz ovutgan Zulfiya nomidagi mukofot ham ta’sis etilmagan, xotin-qizlarning eşik ortida qolişi ularning qismatiga aylangan davrlar edi.
Şu tariqa qizlarimizning orzularigina emas, balki millatimizning intellektual salohiyati yerga kömilardi. Qizlar taqdiriga bitilgan şu kabi “özbekça stsenariy”lar, qança urinmaylik, salkam çorak asr davom etdi.
Bugun esa ilk bor oliy öquv yurtiga kirişda qizlar uluşi 60 foizdan oşib ketdi. Qisqa fursatda erişilgan bu katta natijaga Şavkat Mirziyoyevning 2016-yilda Prezidentlikka nomzod sifatida körsatilgan saylovoldi dasturida belgilangan aniq vazifalar asos böldi. Jumladan, uşbu hujjatda “Muhtaram ayollarimizga e’tibor va ğamxörlik körsatiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri bölib qoladi. Ular uçun munosib şart-şaroitlar, yangi iş örinlari yaratiş, opa-singillarimizning oğirini yengil qiliş, ularning salomatligini mustahkamlaş, iste’dod va qobiliyatini röyobga çiqariş bizning doimiy va muhim vazifamiz”, deb belgilandi.
Bundan taşqari, Prezidentimiz 2017-yil 12-iyulda parlament palatalari, siyosiy partiyalar, Özbekiston Ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bağişlangan videoselektor yiğilişida “Xotin-qizlar örtasida olib borilayotgan işlar samaradorligini oşiriş, jumladan, eng oğir masala bölgan öz joniga qasd qiliş, jinoyatçilik va oilaviy ajrimlarning oldini olişda Oliy Majlis palatalarining roli sezilmayapti. Bu borada samarali işlaydigan qonunlar qabul qilinmoqda, joylarda amaliy faoliyat olib borilmoqda. Holbuki, xalqimiz, saylovçilarimiz bizdan bu borada amaliy harakatlarni kutmoqda”, degandi. Aynan şu majlisda mamlakatimiz yetakçisi Qonunçilik palata- sida oila va yoşlar masalasi böyiça komissiya tuzişni taklif etgan edi. Prezidentimizning saylovoldi va’dasi va siyosiy maqsadlari bugun amalda öz tasdiğini topdi. Bu borada xotin-qizlarning barça ehtiyojlari “inventarizatsiya” qilindi. Takliflar köp ötmay aniq çora-tadbirlarga aylandi. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilişning yangi bosqiçi, yangi davri boşlandi.
Keyinçalik uşbu taşabbus Senatda ham Xotin-qizlar va gender tenglik qömitasini hamda Senat raisi boşçiligidagi Gender komissiyasini taşkil etişga turtki böldi. Bu xayrli harakatlar Özbekistonda 2030 yilga qadar gender tenglikka erişiş strategiyasini qabul qilişga ham zamin yaratdi. Xotin-qizlar masalasidagi körsatkiçlar, raqamlar ijobiy tomonga özgara boşladi.
Keling, şu örinda oliy ta’lim sohasida sönggi beş yillikdagi özgarişlar misolida fikrimizni davom ettiraylik. Bugun 5 yillik iş stajiga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma asosida oliy öquv yurtiga kiriş imkoniyati berildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarda voyaga yetayotgan qizlarga oliy ta’lim muassasasida tahsil olişi uçun kvota ajratildi. Qizlar uçun magistraturada öqiş bepul böldi. Talaba qizlarga foizsiz ta’lim krediti ajratildi. Talaba onalarga qator imtiyozlar yaratildi. Ularning ta’limidagi tösiqlar olib taşlandi.
Oliy ta’lim taşkilotida “Ona va bola” xonasi, infratuzilmasida hatto boğçalar quriş işlari boşlab yuborildi. “El-yurt umidi” jamğarmasi orqali xorijiy oliygohlarda tahsil oliş uçun xotin-qizlarga maxsus grantlar ajratiş çoralari belgilandi. Ayollardan birinçi bölib adliya vaziri, Oliy sud raisi bölgan akademik Xadiça Sulaymonova, şarqşunos, navoiyşunos olima Suyima Ğaniyeva, san’atimiz darğasi, Özbekiston Qahramoni Munojat Yölçiyeva nomidagi stipendiyalar joriy etilişi “Beşikdan to qabrgaça ilm izla” degan purma’no fikrlar qizlarimizga ham daxldor ekanini jamiyatimizga eslatib qöygandek böldi.
Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş siyosati ijtimoiy himoya, ta’lim doirasidan çiqib, siyosat, iqtisodiyot va davlat boşqaruvini ham qamrab oldi. Ayollarning oğirini yengil qilişga qaratilgan yuzlab qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilinişi natijasida “Qiz bolaning joyi — oşxona”, “Qizing öqib, şahar olib berarmidi?!”, “Öğil bola öqişi kerak, qiz bolaga öqiş şart emas” qabilidagi qotib qolgan qaraşlarga nuqta qöyiş borasida institutsional özgarişlar amalga oşirildi.
Eng muhimi, ayollar huquqini ta’minlaş borasida yaşirib kelingan hamda çuqur ildiz otgan illatlar foş etildi. Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zöravonlik borasidagi mustahkam sukut devori quladi. Prezidentimiz zöravonlikni “murosaga kelinadigan holat” deb emas, balki öz nomi bilan “jinoyat” deb atadi. Jabrlanuvçini himoya qilişni davlatning burçi deb belgiladi. “Xotin-qizlarimizga, aziz ayollarimizga nisbatan ayrim zöravonliklarni umuman qabul qilib bölmaydi. Bu bizning millatga xos bölmagan çidab bölmas illat. Bunga qöl urganlar ayol qiyofasida öz onasi siymosini eslasin” degan sözlari nafaqat çaqiriq, balki Prezident darajasida bu illatga qarşi e’lon qilingan kuraş edi.
Jabrlanuvçini ayblaş emas, uni himoya qiliş pozitsiyasiga ötildi. Zöravonlikni murosaga kelinadigan holat emas, huquqbuzarlik sifatida baholaş, hatto oilaviy zöravonlik uçun jinoiy javobgarlikning joriy etilişi kabi tor doiralarda aytilgan fikrlar katta majlislarda baralla yangradi. Ular keyinçalik qonunçilik hujjatlarida öz aksini topdi. Jumladan, 2019-yilda “Xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari töğrisida” gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida”gi qonunlar qabul qilindi.
Bu qonunlarning ahamiyati haqida öylar ekanman, çamasi 16 yil avval özining 15 yoşida toğasi tomonidan zöravonlikka uçrab, Sirdaryodan Toşkentga 21 soat piyoda kelgan Nigoraning (ismi özgartirilgan) siymosi köz öngimda gavdalanadi. Öşanda uni odam savdosi qurbonlariga vaqtinça boşpana beradigan markazga zörğa joylaştirgan edik. Oradan bir hafta ötib, Nigora u yerdan çiqib ketgani haqida xabar berişdi. Keyin esa u dom-daraksiz yöqoldi...
Xöş, Nigora qayerda? U öz joniga qasd qilmadimikan?! Agar hayot bölsa, bugun qanday yaşayapti? Uşbu savollar meni hamon öylantiradi. Öşa paytda oilaviy zöravonlik qurbonlarini himoya qiladigan samarali tizim bölganida, uning taqdiri boşqaça keçarmidi?!
Axir uyingdagi muşuging yöqolsa ham qidirasan. Axir u odamku, deb öylagandim öşanda.
Şu kabi yaşirilgan muammolardan yana biri bu voyaga yetmaganlar örtasidagi erta nikoh masalasi edi. 2015-yil Oila ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari hamkor- ligida voyaga yetmaganlar örtasida erta tuğuruqlar masalasini örganişni rejalaştirdik va bu holat eng köp qayd etilgan viloyatga bordik. Ne köz bilan köraylikki, bizni qoğozdagi ikki nafar emas, balki bolasini kötargan önlab “bolalar” qarşi oldi. Açinarlisi, buning ortida ijtimoiy himoyasizlik, huquqiy savodsizlik, nazoratsizlik va hatto jinoiy xatti-harakatlar ham yotardi. Afsuski, öşa paytda kötarilgan muammolarning barçasi ham kutilgan darajada oçiq muhokama qilinmadi.
Biz körgan, eşitgan va hujjatlaştirgan ayançli holatlar yana öşa tor kabinetlarda qolib ketdi.
Keyinçalik ayrim mutasaddilarning tiş-tirnoği bilan körsatilgan qarşiligiga qaramay, uşbu masalalarni yana örganişga qaror qildik va boşqa viloyatga otlandik. U yerda jinsiy zöravonlikka uçragan, eşitiş va gapirişda nuqsoni bölgan qizaloqning oğir taqdiriga duç keldik. Qizaloqning ota-onasi gumonlarini oçiq aytişdan qörqar, farzandini himoya qiliş örniga özlari ham tahdid va tazyiqdan xavotirda yaşar edi. Bu holat bizga erta tuğuruqlar va voyaga yetmaganlarga nisbatan zöravonlik bilan boğliq rasmiy raqamlarni qayta körib çiqiş, aniqlangan holatlarga huquqiy baho beriş zarurligini yana bir bor körsatdi. Biroq poytaxtga qaytib, örganiş natijalarini tegişli idoralarga taqdim etganimizda muammoning mohiyatini örganiş örniga ma’lumotlarimizga şubha bilan qaraldi, hatto işçi guruh faoliyati tanqid ostiga olindi. “Xotin-qizlar qömitasi, Oila instituti va yoşlar taşkiloti qayerga qarayapti?” degan ta’nalar bilan majlis tugagani hamon yodimda.
Öşa paytda ayrim oilalarda qotib qolgan qaraşlar oqibatida erta nikohlar soni oşib borardi. Bu muammo kölamini 2012- 2013 öquv yiliga oid bir raqam ham yaqqol körsatadi: litsey va kollejlarda tahsil olayotgan 2114 qiz ota-onalari tomonidan turmuşga uzatilgan. Bu şunçaki statistik raqam emas. U ta’lim oliş, kelajagini mustaqil quriş imkoniyati çeklangan minglab qizlar taqdiri haqidagi jiddiy ogohlantiriş edi.
Faoliyatimiz davomida zöravonlik bilan boğliq sodir bölgan yana bir mudhiş voqeaga guvoh bölganmiz. Oilasidagi zöravonlikdan aziyat çekib, jabrdiydalarni qabul qiluvçi markazga qoçib kelgan ayolning ortidan bolta bilan tahdid qilgan turmuş örtoği heç yodimdan çiqmaydi. Vaziyat öta xavfli tus olgan edi. Negaki, tazyiq nafaqat bir ayolga, balki markazda yaşab turgan önga yaqin ona va ularning farzandlari hayotiga ham xavf solayotgandi. Şunday vaziyatda markaz rahbari öz xavfsizligini ham unutib, tajovuzkor erkakni tinçlantirişga harakat qilgandi. Bu voqea öşa davrda zöravonlikdan jabrlanganlarni himoya qiliş tizimi qanday oğir şaroitlarda faoliyat yuritganiga bir misol. Biz esa umrini şu sohaga bağişlagan Nazifaxon opaning jasoratiga tahsin aytişdan nariga ötolmagandik. Vaholanki, jabrdiydalar xavfsizligini ta’minlaş bir insonning jasoratiga boğliq bölib qolmasligi kerak.
Öşanda biz köp eşiklarni qoqdik, bir qança idoralarga murojaat qildik, köplab savollarga javob izladik. Ammo har doim ham xotin-qizlarimiz dardiga malham böladigan tizimni topa olmadik. Bugun esa öşa paytdagi aksariyat savollarimiz javobi qonunlar, farmonlar va yangi himoya mexanizmlarida öz aksini topayotganini köriş naqadar quvonarli!
Zöravonlikka duçor bölgan xotin-qizlarni himoya qiliş böyiça tuzilmalar faoliyati köp yillar davomida asosan nodavlat taşkilotlar taşabbusiga tayangandi. Biroq bu borada davlat taşkilotlarining zöravonlikka qarşi kuraşiş strategiyasi samarali bölişi uçun bir qator omillarga mos kelişi va jarayonga jalb etilgan barça iştirokçilarni qamrab olişi lozim edi. Bular davlat, huquqni muhofaza qiluvçi organlar, sud tizimi vakillari, tibbiyot markazlari, fuqarolik birlaşmalari va ommaviy axborot vositalaridir.
Hozirgi vaqtga qadar bunday modellar aksariyat Yevropa mamlakatlarida amal qilardi. Bugun esa xalqaro andozalarga mos markazlar Özbekistonda ham faoliyat boşladi. Natijada oilaviy zöravonlik uçun jinoiy javobgarlik joriy etildi, himoya orderi mexanizmi şakllantirildi, reabilitatsiya va ijtimoiy moslaşuv markazlari faoliyati takomillaştirildi. Jabrlanuvçilarga psixologik, huquqiy va ijtimoiy yordam körsatiş tizimi kengaydi.
Prezidentimizning 2026-yil 3-martdagi “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuçaytiriş hamda ularga nisbatan tazyiq va zöravonlik holatlarining oldini oliş böyiça qöşimça taşkiliy-huquqiy çoralar töğrisida”gi farmoni mazkur islohotlarning mantiqiy davomi böldi. Unda erta nikohlarning oldini oliş, voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qiliş, homilador va yoş farzandli talaba qizlarning ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, zöravonlikdan jabrlangan ayollar uçun 808 çaqiruv tizimini joriy etiş, jinsiy jinoyatlar tergovini prokuratura organlariga ötkaziş, maxsus tayyorgarlikdan ötgan tergovçi va sudyalar tizimini şakllantiriş, har ikkala taraf kamida 21 yoşga tölganda birinçi marotaba nikoh tuzgan yoş oilalar uçun davlat tomonidan qöşimça imtiyoz va boşqa şakldagi qöllab-quvvatlaş çoralari belgilandi. Özbekistonda ilk bor 14 yoşga tölmagan bolaga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etgan şaxslarga nisbatan umrbod qamoq jazosini nazarda tutuvçi qonun imzolandi. Tan oliş kerak, uşbu qonun jamoatçiligimiz uzoq yillar kutgan hujjat edi.
Ayniqsa, tarbiyasi oğir, qarovsiz qolgan qizlar va öğil bolalar uçun möljallangan, Çinoz tumani va Baxt şahrida joylaşgan “bolalar qamoği”ni eslatuvçi maxsus maktablar yopilgani bola huquqlarini ta’minlaşdagi muhim qadam böldi. Uşbu maktab şaroitini bir neça yillar davomida nazorat-tahlil tartibida deputatlar bilan örgangan mutaxassis sifatida muassasaning butunlay tugatilişini inson qadrini uluğlaşga qaratilgan islohotlarning eng muhim natijalaridan deb bilaman.
Xotin-qizlarga taalluqli yana bir yangilik — Özbekistonda mahkuma ayollarning farzandlari uçun maxsus boğçalar taşkil etiladigan böldi. Bu qarorni bolalar ota-onalarining xatolari uçun javobgar bölmasligi kerak degan fikrning amaldagi ifodasi deb bilaman.
Xulosa qilib aytganda, rahbarlikning eng oliy fazilatlaridan biri jamiyatning oğriğini his qilişdir. Davlatimiz rahbari sönggi yillarda jamiyatimizda sodir bölayotgan har bir voqeani xalq bilan birga kuzatib, öz munosabatini bildirib borayotganiga guvohmiz. Birgina misol, 2018-yilda majburiy mehnatga jalb etilişi oqibatida bevaqt vafot etgan Diana Yenikeyevani eslaysizmi? Öşanda davlatimiz rahbari bu mudhiş voqeani izohlab, özini bunda ma’nan aybdor his qilganini bildirgan va bunday holatlar takrorlansa, mas’ul rahbarlar javobgarlikka tortilişini ta’kidlagan edi.
Bugun, mana, öqituvçining köksiga şamol tegdi. Paxtani xotin-qizlarsiz ham 5 million tonnaga olib çiqiş mumkin ekanku?! Yaşirmayman, öşa payt özimiz ham uyuşmagan aholini terimga jalb etadigan mas’ullardan biri edik. Şukrki, bu kunlar ortda qoldi. Paxta ekib, kafanlik topolmagan özbegim ayollari salohiyati endi ilm-fanda, siyosatda ham yuzaga çiqmoqda.
Eng muhimi, sönggi ön yil içida xalqaro darajada Özbekiston gender tenglikni ta’minlaş borasida katta yutuqlarga erişgan beşta davlat qatoriga kirdi. Ammo bu özgarişlarni baholaşda yutuqlarni ham, hali hal etilmagan muammolarni ham birdek körib, faoliyatimizni şunga mos taşkil etişimiz zarur.
Qolaversa, aslida, bu özgarişlarning eng katta natijasi raqamlar yoki hisobotlarda emas, balki öz iste’dodi, mehnati va matonati bilan dunyo sahnasiga çiqayotgan özbek ayollari timsolida namoyon bölmoqda.
Yangi davr qahramoni Diyora Keldiyorovaning “Olimpiya öyinlarida yuksak natijani qanday qölga kiritdingiz?” degan savolga bergan javobi meni öylantirib qöydi. U bu natijani qölga kiritiş uçun uç yil davomida uxlamaganini aytdi. Ha, özbek ayollari şunaqa! Ular Prezidentimiz bildirgan işonçdan ilhomlanib, Uçinçi Renessans poydevorini qöyiş yölida bedor yaşamoqda. Bu hali boşlanişi. Hali yuzlab, minglab diyoralar maydonga çiqadi. Hali otasining qizlari dunyo miqyosidagi ixtirolarga mualliflik qiladi. Yangi Özbekiston tarixiga öz nomlarini munosib muhrlaydi. Zero, qizlarimizning ortida huquqiy kafolatlar bilan birga toğdek tayanç — yurt otasining işonçi turibdi.
Firuza MUHAMMADJONOVA,
jurnalist
“Yangi Özbekiston” gazetasining 2026-yil 25-noyabr sonidan olindi