1905 25.11.2026
1999-yildan buyon 25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikka barham beriş xalqaro kuni sifatida nişonlab kelinadi. Uşbu sana BMT taşabbusi bilan joriy etilgan bölib, ayollarni tahqirlaş, kamsitiş, jinsiy, iqtisodiy, psixologik yoki jismoniy zöravonlikka qarşi kuraşning ramziga aylangan.
Uşbu sana munosabati bilan Markaziy kengaşning “Yoşlar va ayollar qanoti” tomonidan “Ayol qadr-qimmati – dahlsiz qadriyat, zöravonlikka qarşi kuraş – umumiy mas’uliyat” mavzusidagi oçiq muloqot taşkil etildi. Özbekiston davlat jahon tillari universitetida ötkazilgan tadbirda Qonunçilik palatasi va mahalliy Kengaş deputatlari, partiya vakillari, universitet professor-öqituvçilari va talabalar iştirok etdi.
Bugun xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qiliş, oila va jamiyatda sodir etilayotgan zöravonliklarning oldini oliş, inson qadri, şa’ni va daxlsizligini ta’minlaş dolzarb masala hisoblanadi. Çunki zöravonlikning har qanday körinişi nafaqat alohida insonning hayoti va taqdiriga, balki oila barqarorligi, farzandlar tarbiyasi va soğlom ma’naviy muhitga ham salbiy ta’sir körsatadi.
Oçiq muloqotni taşkil etişdan asosiy maqsad ham yoşlar örtasida zöravonlikning oldini oliş, ularning huquqiy bilim va savodxonligini oşiriş, xotin-qizlar huquqlariga hurmat, inson qadri va şaxsiy daxlsizlik tamoyillarini mustahkamlaş, şuningdek, zöravonlikka nisbatan befarq bölmaslik va faol fuqarolik pozitsiyasini şakllantirişdan iborat.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Vasila Fayziyeva, partiya Markaziy kengaşi mas’ul xodimi Feruza Jalilova hamda Mirobod tuman Kengaşi deputati Gulbahor Qulmatovalar sözga çiqib, mamlakatimizda xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş, gender tenglikni ta’minlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar, qonunçilikda belgilangan huquqiy kafolatlar, himoya orderi beriş tartibi, vakolatli taşkilotlarga murojaat qiliş imkoniyatlari va bu boradagi parlament hamda mahalliy Kengaşlar nazoratining ahamiyati xususida yiğilganlarga batafsil ma’lumotlar berdi.
Oilaviy zöravonlik, tazyiq, ta’qib, erta nikoh, voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, oilaviy hayotga mas’uliyat bilan yondaşiş kabi masalalarda öz tajriba va tavsiyalari bilan örtoqlaşdi. Talaba qizlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.
Ta’kidlanganidek, mazkur tadbir talaba qizlar va deputatlar örtasida bevosita muloqot örnatiş, mavjud muammolarni birgalikda muhokama qiliş hamda ularning yeçimi böyiça amaliy taşabbuslarni ilgari suriş uçun muhim maydon bölib xizmat qildi. Zero, zöravonliksiz jamiyatni şakllantiriş faqat qonunlar bilan emas, balki har bir insonning huquqiy madaniyati, ma’naviy mas’uliyati va jamiyatga dahldorlik pozitsiyasi orqali ta’minlanadi.