Deputat tanlaşda zinhor adaşmang


1654     26.11.2026

Buxoroning Qoraköl va Jondor tumanlarida bölgan Jahongir Şirinov mahallalardagi bunyodkorlik işlari bilan tanişdi, “yettilik” vakillari va aholining takliflari, murojaatlarini eşitdi.

Qoraköl tumani Qorahoji mahallasidagi uçraşuvda odamlar simyoğoçlarni yangilaş, Qandim zavodi yölini ta’mirlaş böyiça murojaat qilişdi. Mas’ullar birinçi masalani bir haftaga qoldirmay hal etişga va’da berdi. Ikkinçisi böyiça tegişli idoraga deputat nomidan rasmiy xat yuboriladigan böldi. “Jiğaçi” mahallasida bölgan deputat 6,5 mlrd sömlik zamonaviy mikromarkaz qurilişi bilan tanişdi. Loyiha doirasida savdo va xizmat körsatiş şoxobçalari, sport maydoni, tibbiyot punkti va kutubxona taşkil etiladi. Natijada 60 ta yangi iş örni yaratiladi.

Jondor tumanidagi “Pöloti” mahallasi aholisi 2,6 km yölni asfaltlaş uçun byudjetdan 1 mlrd 648 mln söm mablağ ajratilişida bergan amaliy yordami uçun Jahongir Şirinovga minnatdorlik bildirib, deputat tanlaşda adaşmaganini yana bir bor e’tirof etişdilar.