Ilmga çorlovçi maktub — millionlab bolalar kelajagiga da’vat


1850     27.11.2026

Ba’zan bir bolaning sodda savoli butun bir xalq kelajagi haqida çuqur mulohazaga yöl oçadi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning nabirasi Şavkatbekka yöllagan maktubi ham bolaning “Nega Siz doim uzoq safarlarga ketasiz?” degan savolidan boşlanadi. Oilaviy suhbat şu savol orqali millionlab bolalarning taqdiri, ta’limi va yurt oldidagi mas’uliyat haqidagi mulohazalarga ulanadi.

Vatan soġinçi bilan safar çoġida bitilgan bu satrlarda ilmga intiliş, vaqtni qadrlaş, mehnat, vatanparvarlik va odamiylik bir butun hayot mezoni sifatida namoyon böladi. Maktubni öqir ekanman, unda oilaviy mehr va kelajak avlod oldidagi davlat mas’uliyati uyġunlaşganini köraman: nabiraga aytilgan samimiy nasihatlar butun yurt bolalariga qaratilgan da’vatga aylanadi.

Matndagi sözlar tahlili ilm va bilim tuşunçalari maktubda qayta-qayta urğulanganini körsatadi. Töliq matnda “ilm” özagi tört marta, “bilim” esa mustaqil söz sifatida tört marta qöllangan. “Bilimdon” ikki marta, “bilimli” bir marta işlatilgan. Demak, bilimga oid şakllar jami yetti örinda uçraydi.

Bu esa maktubning ğoyaviy yönalişini ham ravşanlaştiradi. Ilm va bilimga oid sözlar ajdodlar merosi, yoşlarning bugungi yutuqlari, ta’lim va zamonaviy texnologiyalar tilga olingan örinlarda qayta namoyon böladi. Muallif şu takrorlar orqali nabirasiga, uning timsolida esa barça bolalarga ilm oliş, örganganini hayotda qöllaş va bilimini Vatan ravnaqiga yönaltiriş zarurligini uqtiradi. Şu bois ularni maktubning ilmga çorlovçi içki ohangi deb talqin qiliş mumkin.

Maktubning kompozitsiyasi ham şu da’vatni izçil oçib beradi. Nabiraning “Nega Siz doim uzoq safarlarga ketasiz?” degan savoli şaxsiy suhbatga yöl oçadi. Javob esa oilaviy doiradan kengayib, millionlab bolalarning kelajagi, davlatning xalq oldidagi burçi va xalqaro hamkorlik maqsadlariga ulanadi. Keyin muallif öz bolaligi, bolalarni paxta dalalaridan maktabga qaytariş zarurati va ta’lim uçun yaratilayotgan şaroitlarni eslaydi. Ajdodlar xotirasidan bugungi yoşlarning yutuqlariga, ulardan esa vaqt, sabr, iroda va Vatanga xizmat mavzulariga ötiladi. Bu izçillik maktubni özaro boğlangan hayot saboqlari majmuasiga aylantiradi.

Maktubning siyosiy mazmunida davlat mas’uliyatining inson hayoti bilan boġlanişi alohida e’tiborimni tortdi. Xorijiy safarlar xalqning tinç va farovon yaşaşi, bolalarning yaxşi ta’lim olişi hamda yangi hamkorliklar yölga qöyilişi bilan izohlanadi. Demak, siyosiy faoliyatning qadrini uning taşqi körinişi emas, insonlar hayotiga olib kiradigan foydasi belgilaşi kerak. Xalqning oğirini yengil qiliş haqidagi fikr maktubda davlat xizmatining ma’naviy mezoni sifatida namoyon böladi.

Bolalik xotiralari bilan bugungi ta’lim masalalarining yonma-yon qöyilişi ham çuqur ma’noga ega. Maktubda bolalarni paxta dalalaridan maktabga qaytariş, boğça va maktablar quriş, darsliklar yaratiş hamda bilimdon öqituvçilar tayyorlaş tilga olinadi. Bular faqat ta’lim tizimiga oid vazifalar emas, balki ular bolaning munosib kamol topişi uçun davlat va jamiyat zimmasidagi mas’uliyatni körsatadi. Şu bilan birga, yoşlardan ham intiliş, qunt va sabot talab qilinadi. Imkoniyat yaratiş va undan foydalaniş kelajak uçun bir-birini töldiradigan ikki mas’uliyatdir.

Maktubda ajdodlar nomi va bugungi yoşlarning ilmiy hamda sport yutuqlarining yonma-yon tilga olinişi tarixiy xotirani hozirgi kun bilan boğlaydi. Ötmiş bilan faxrlaniş yoş avlodga işonç beradi, bugungi izlanişlar esa bu faxrni kelajak sari harakatga aylantiradi. Menimça, milliy ġurur faqat buyuk ajdodlarni eslaşdan iborat emas, ularning ilmga sadoqati va bunyodkorlik ruhini bugun davom ettirişni ham anglatadi.

Gadjetlar va sun’iy intellektdan oqilona foydalaniş, vaqtni qadrlaş, boşlangan işni oxiriga yetkaziş haqidagi nasihatlar ilmga çorlovning bugungi hayotdagi davomi. Bilim oliş endi faqat kitob yoki sinfxona bilan çegaralanmaydi, ammo texnologiya insonning örniga fikrlamasligi, aksinça, uning izlanişiga kömaklaşişi lozim. Ilmga intiliş uçun qiziqişning özi kifoya qilmaydi, diqqat, intizom va vaqtni töğri taqsimlaş ham zarur.

Bayroq, Vatanga muhabbat, millat va davlat yakdilligi haqidagi fikrlar maktubdagi ilmiy-ma’rifiy da’vatni fuqarolik mas’uliyati bilan boğlaydi. Vatanparvarlik bu yerda yurtga naf keltiriş, el koriga yaraş, halol va mehnatsevar bölib yaşaş istagida namoyon böladi. Mardlik, oriyat, kamtarlik va odamiylik haqidagi nasihatlar esa bilimli inson qanday fazilatlar bilan uluġ bölişini eslatadi.

Maktubdagi eng muhim fikrlardan biri şuki, ilmga çaqiriq yaxşi öqişga undaş bilangina çeklanmaydi. Bu har bir bolaga öz qobiliyatini röyobga çiqariş imkonini beriş, uning bilimi va iste’dodini yurt ravnaqiga yönaltiriş hamda yoşlarni insoniy fazilatlar bilan kamol toptiriş demakdir. Bobo mehridan boşlangan maktubning butun mamlakat bolalariga atalgan ezgu tilakka aylanişi ham ana şu fikrni ifodalaydi. Zero, yoş avlodning kamol topişi oilaning quvonçi va Yangi Özbekiston kelajagining mustahkam poydevoridir.

 

Dilnoza Azizova,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati